13:03 / 26.04.2017
7 012

​«Ozsam, terim osilib qoladimi?»

​«Ozsam, terim osilib qoladimi?»
– Yoshim 18 da, vaznim 106 kg. Ozishim kerak desam, vazn tashlagach teri osilib qolishi mumkin deyishayapti. Chindan ham shunday bo‘ladimi? To‘g‘ri ozish yo‘llari usullari bilan tanishtirsangiz?

Doston Adburahmonov, Toshkent shahri.

Savolga oliy toifali shifokor terapevt Nodira HAMROEVA javob beradi:

– Tana vazni bilan kurashishdan avval uning yig‘ilishiga sabab bo‘lgan omilni aniqlash lozim. Buning uchun endokrinolog ko‘rigidan o‘tishni tavsiya etaman. Semirishga olib kelgan omillar qaysilar, irsiyat, kasallik, kam harakatlik yoki noto‘g‘ri ovqatlanishmi? Shunga ko‘ra ozish usullariga murojaat qilinadi. Kam kaloriyali mahsulotlarni iste’mol qilib, sport mashqlariga diqqat qilinsa va oyiga 3-4 kilogramdan asta-sekinlik bilan vazn tashlansa teri osilib qolmaydi. Mashqlardan so‘ng suyuqlik ichish yoki taomlanish mumkin emas.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » ​«Ozsam, terim osilib qoladimi?»