Qulupnay rezavor meva bo‘lib, ishtahani ochadi, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, taom hazmini yengillashtiradi. Shuningdek, u tabiiy peshob haydovchi vosita sifatida organizmdagi tuz miqdorini me’yorlashtiradi.
YuRAK FAOLIYaTINI YaXShILAYDI
Qulupnay tarkibidagi antioksidant va flavonoid darmondorilari qon tarkibini toksin — zaharli moddalardan tozalaydi. Qulupnay yurak-qon tomirlaridagi yallig‘lanishning oldini oladi va davolaydi. Buning uchun har mavsumda kuniga ikki mahal 1 stakandan qulupnay sharbati ichish lozim.
XOTIRANI MUSTAHKAMLAYDI
Mavsum davomida kundalik taomnomangizdagi qulupnay miqdorini oshirsangiz, xotirangiz bilan bog‘liq muammodan qutulasiz. Chunki qulupnay tarkibidagi «Fisetin» tabiiy ekstrakti miyadagi neyronlarning ma’lumot almashish faoliyatini yaxshilab, xotirani mustahkamlaydi.
Zamonaviy tibbiyotda aniqlanishicha, har mavsumda kuniga 15-20 donadan qulupnay eyish keksalikda xotira susayishi xastaligiga chalinishdan himoya qiladi.
TANANING YoSh KO‘RINIShINI TA’MINLAYDI
Qulupnay tarkibida tanadagi modda almashinuvi jarayonini faollashtiradigan uglevodlar miqdori yuqori bo‘lib, bu organizmdagi hujayralarning tezroq yangilanishi, yangi hujayralarning paydo bo‘lishiga sharoit yaratadi. Buning uchun yaxshi pishgan qulupnayni ezib, yuzingizga surting va ma’lum vaqtdan so‘ng (3-5 daqiqa) iliq suvda chaying. Shuningdek, terining «dushmani» hisoblangan toksinlarning eng ashaddiy g‘animi ham qulupnaydir. Shu sababli bu mevadan tez-tez eb turish tananing keksayish jarayonini, ajin tushishini sekinlashtiradi. Qulupnay terini tiniqlashtiradi, taranglashtiradi. Bundan tashqari, qulupnay salisil kislotasining tabiiy manbai bo‘lib, chehrani husnbuzarlardan xalos qiladi. Shuning uchun bu mevadan uy sharoitida yuz uchun niqob tayyorlash ham mumkin.
1 stakan qulupnay tarkibida inson kunlik iste’mol qilishi lozim bo‘lgan S vitamini mavjud.
ICh QOTIShINI DAVOLAYDI
Ich qotishi tanadagi ichaklar faoliyati bilan bog‘liq. Qululpnay esa ichaklar faoliyatini yaxshilovchi zarur pay tolalarini rivojlantiradigan moddalarga boy. Shuningdek, qulupnay tarkibidagi biriktiruvchi to‘qima oqsillari qondagi qand miqdorini ham nazorat qiladi va diabetning oldini oladi. Qondagi glyukoza miqdori 40 foizgacha bo‘lgan qandli diabet bilan xastalangan insonlar ayni mavsumda qulupnayni xohlagancha iste’mol qilishi mumkin.
QONNI SUYuLTIRADI
Qulupnay qonni suyultiradi. Agar qoningiz quyuqlashgan bo‘lsa, eng avvalo, nordon qulupnay eng. Ikkinchidan, qulupnayni shakarga botirib emas, sut yoki sut mahsulotlari — smetana, qaymoq bilan iste’mol qiling.
QUVVAT BERADI
Qulupnay tarkibida kletchatka va pektin moddalari yuqori darajada, organik shovul kislotasi esa etarli miqdorda saqlanadi. Tibbiyotda aniqlanishicha, bu moddalar tanani energiya bilan ta’minlash xususiyatiga ega. Shuning uchun qulupnayning ayni bahor faslida pishishi organizmning quvvatlanishiga yordam beradi.
BAKTERIYaLARGA QARShI KURAShADI
Qulupnaydagi polisaxaridlar organik kislotalar bilan ichak mikroflorasini normallashtirishga, disbakteriozning oldini olishga va organizmdan toksin hamda og‘ir metallarni haydashga yordamlashadi. Buning uchun qulupnay sharbatini tez-tez ichib turing.
VITAMIN TANQISLIGIDAN XALOS ETADI
Qulupnayni muntazam iste’mol qilish mavsumiy vitamin tanqisligining oldini oladi hamda organizmni S, E va V guruhi vitaminlari bilan to‘yintiradi. Bundan tashqari, qulupnay tarkibida yuqori miqdordagi moddalar — marganes, kaliy, kalsiy, mis, kobalt, molibden mavjud. Shuningdek, unda foliy, limon, olma va salisil kislotalari, yurak siqilishining oldini oluvchi V vitamini, quvvat bag‘ishlovchi K vitamini hamda kamqonlikda foyda beruvchi temir moddasi bor.
Eslatma: oshqozon yarasi va gastritdan aziyat chekayotgan insonlar qulupnay iste’mol qilmagani ma’qul. Sababi, mevaning urug‘i oshqozonning shilliq pardasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bo‘g‘imlari og‘riydiganlar va allergiyasi bor kishilarga qulupnay tavsiya etilmaydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?