20:08 / 21.06.2017
6 157

Test: turmushingizda baxtlimisiz?

Test: turmushingizda baxtlimisiz?
Turmushinigizda o‘zaro muvofiqlik bor-yo‘qligini quyidagi test orqali bilib olishingiz mumkin. Savollarga javob berib, o‘zingiz va oilangiz haqida yangi-yangi ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Ijobiy javoblarga 1 balldan qo‘yib borasiz.

1. Uyingizga eringizning qarindoshlari kelsa, hamisha xursand bo‘lib kutasiz?
2. Birga hordiq chiqargan damlarni haqiqiy dam olish deb hisoblaysiz?
3. Hayotda turmush o‘rtog‘ingiz bilan bilmagan holda barobariga bir narsa haqida gapirgan vaqtingiz bo‘lganmi?
4. Nima bo‘lganidan qatiy nazar o‘zaro munosabatlarda har ikki tomonni qoniqtiruvchi to‘xtamga kela olasizlarmi?
5. Sovg‘alaringiz bir-biringizga doim yoqadimi?
6. Oila byudjetini umumiy xarjlaysizlarmi?
7. Farzandlarinigz sizga va eringizga birdek quloq solishadimi?
8. Jufti halolingizning do‘stlari uyingizga kelishidan quvonasizmi?
9. Eringizning professional muvaffaqiyatlaridan doim xursand bo‘lasizmi?
10. Umr yo‘ldoshingiz bilan umumiy qiziqishlaringiz bormi?

Sarhisob


0—3 ballgacha
Nikohingizni hali garmoniyali deb atash qiyin. Sizlar alohida o‘z-o‘zingiz bilan va faqat o‘zingiz uchun yashaysiz. Har biringizning oila haqidagi qarashlaringiz har xil, qiziqish va intilishlaringiz ham tamomila farq qiladi. Uyingizni ham sokin osoyishta deya olmaymiz, u xuddi talabalar yotoqxonasi kabi g‘ala-g‘ovurli, sershovqin. Turmush o‘rtog‘ingizning ba’zi qiliqlari g‘ashingizga tegadi, bir uyda istiqomat qilganingizdan xursand emassiz. Bolalar ham park, toqqa chiqib dam olishdan umid bo‘lmagani uchun o‘z ishlariga o‘ralashib yuradi.

Maslahatimiz: atrofdagi voqealarga be’etibor bo‘lmay, vaziyatni tezda to‘g‘irlang. Yo‘qsa bunday xonadoshlik o‘zining mantiqiy yakuniga etib, oilangiz buzilib ketishi mumkin.

4—6 ballgacha
Oilangizda to‘liq uyg‘unlik bor deya olmaymizu, har holda umid yo‘q emas. Eng asosiysi–ikkalangiz ham mustahkam oilani barpo etib, saqlashni istaganingiz, demak, hammasi o‘z qo‘lingizda. Orangizdan “g‘idi-bidi” bo‘lib tursa-da, hech qachon bir-biringizning manfaatlaringizga zid qaror qabul qilmaysizlar. Yillar davomida bir-biringizni yaxshiroq tushunib, xarakteringizdagi nomuvofiqliklarni engib o‘tasiz.

Maslahatimiz: Ro‘zg‘or masalalari va bolalar tarbiyasi o‘z yo‘liga, partneringizning ichki dunyosi bilan ham ko‘proq qiziqing.

7 balldan yuqori
Sizlarga faqat havas qilish kerak. Xarakterlaringizdagi hamma jihatlar o‘xshash. Bir-biringizni ko‘z qarashidanoq tushunasiz, hamrohingiz nimani o‘ylab, nimani his qilayotganini bilib turasiz. U haqiqatdan sizning “ikkinchi yarmingizga” aylangan. O‘rtangizda gap qochishi amri mahol. Mobodo shunday bo‘lsa, yarashuv uzoq kutilmaydi. Sizning nikohingizni yuz foiz ideal deb atash mumkin.

Maslahatimiz: Turmushdagi farovonlik va barqarorlik yaxshi, lekin uni asrab-avaylash kerkligini ham unutang. Ba’zan misqollab yig‘ilgan oilaviy baxtni nojo‘ya bir so‘z bilan barbod qilish qilish hech gap emas.


Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Test: turmushingizda baxtlimisiz?