1936 yilda amerikalik yozuvchi Doroti Brand o‘zining «Wake Up and Live»(Uyg‘on va yasha) nomli kitobida aqlni charxlovchi bir nechta g‘alati mashqlarni keltiradi. Bu mashqlar sizni kundalik hayotingizdan butunlay o‘zga olamga olib chiqib, o‘zgacha fikrlash, yangi muvaffaqiyatlar kalitini ochuvchi yangi g‘oyalar sari yo‘naltiradi. Bunda siz masalaga kreativ yondosha boshlaysiz.
Mana ular:
1. Kunda 1 soatni hech nima gapirmasdan, faqat aniq savollarga javob bergan holda o‘tkazing. Ammo bunda atrofingizdagilar sizni xafa deb o‘ylashlariga yo‘l qo‘ymang. O‘zingizni iloji boricha tabiiy tuting. Javobdan so‘ng ortiqcha qo‘shimchalar qilmang.
2. Kunda 30 daqiqa birgina predmet haqida o‘ylang. Boshqa hech nimaga xayolingiz chalg‘imasin. 5 daqiqadan boshlashingiz mumkin.
3. Kuniga 15 daqiqa atrofdagilar bilan «men, menga, meniki» degan so‘zlarni ishlatmagan holda suhbatlashishga urinib ko‘ring.
4. Kishilar bilan to‘la xonaga kirayotib ostonada to‘xtang va xayolan uning hajmini o‘lchab ko‘ring.
5. Yangi tanishingiz bilan suhbatlashganingizda, shunday qilingki, u faqat o‘zi haqida so‘zlasin, ammo buni sezmasin. Ma’lum vaqtdan so‘ng suhbat mavzusini muloyimlik bilan o‘zgartiring.
6. Endi esa faqat o‘zingiz haqingizda so‘zlang. Buni maqtanmasdan, nolimasdan va suhbatdoshingizni zeriktirib qo‘ymasdan amalga oshiring.
7. 2 soatga mo‘ljallab reja tuzing va kuniga 2 soat ushbu rejaga qat’iy amal qiling.
8. O‘zingizga 12 ta tasodifiy vazifalar qo‘ying, masalan: uyingizdan 10 kilometr masofani yayov bosib o‘tish; 12 soat davomida hech narsa emaslik; yo‘lda to‘xtab eng noodatiy joyda tamaddi qilish; butun kun davomida sukut saqlash; tuni bilan uxlamay ishlash.
9. Butun kun davomida barcha savol va takliflarga «ha» deb javob bering(albatta aql doirasida).
Yuqorida keltirilgan mashqlarning hech bo‘lmasa birontasini bajarib ko‘ring. Bir qarashda ma’nosiz ko‘rinsada, ular hayotingizga yangilik kiritib, o‘zingizning yangi qirralaringizni ochishda yordam beradi.
Manba: maslahatim.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin