Pokistonlik Doktor Ishon Husayniy ko‘rsatgan xizmatlari uchun xalqaro taqdirlash marosimiga ketayotgan edi. Samolyotga chiqdi. Ob-havoning yomonligi tufayli samolyotni yaqin oradagi aeroportga qo‘ndirishga majbur bo‘ldilar. Keyingi reys esa 16 soatdan keyin uchishi kerak edi. U bundan jahli chiqib, «Majlisga, albatta, yetib borishim lozim, 16 soat kuta olmayman», deya baqirdi. Aeroportda vazifasini bajarayotgan ishchilar unga ketayotgan shahri bu yerdan 6 soat uzoqlikda ekanini, xohlasa ijaraga mashina olib, borishi mumkinligini aytdi.
Doktor shosha-pisha yo‘lga chiqdi-yu, ammo aksiga olib, shiddatli yomg‘ir quya boshladi. Selning qattiqligidan yo‘lda hech narsa ko‘rinmas va mashina ham qimirlay olmaydigan holga keldi.
Doktor yo‘l yuzidagi eski bir uyning eshigini taqillatib, o‘zini ichkariga otdi. Uyning ichida bir keksa ayol o‘tirardi. Doktorning hovliqib, «Menga telefon bering, bir joyga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qilishim lozim» deganini eshitib, yuziga tabassum yugurdi va shunday dedi: «Ko‘rmayapsanmi holimizni bolam, bu yoqlarda na telefon, na elektr toki bor. Kir ichkariga, biroz damingni ol, ovqatlan, choy ich, undan keyin ishlaringni hal qilarsan».
Doktor chorasizlikdan ayolning aytganlarini qildi, biroz isinib, ovqatlandi. U choyini ichib bo‘lguncha keksa ayol namozini o‘qib, uzun-uzun duolar qildi. Bularni diqqat bilan kuzatib turgan doktor ayolning beshikni tebratayotganini va unda bir go‘dak harakatsiz yotganini ko‘rib, «Onajon, bu kimning bolasi, tinchlikmi, nima sababdan ko‘z-yoshlar bilan duo qildingiz?» deb so‘radi. Keksa ayol esa «Bu mening ham ota, ham onasidan yetim qolgan nevaram, og‘ir xastalikka chalindi, bu atroflarda hech qaysi shifokor chora topa olmadi. Ishon Husayniy degan bir shifokor bormish, faqatgina u bir chora topa oladi, deb aytishgandi. Biroq u juda ham uzoqda bo‘lgani uchun jigarbandimning ishini oson qilsin deya bir necha kundan beri Allohga iltijolar qilaman…» dedi.
Doktor Husayniy ko‘z yoshlarini to‘xtata olmay, «O‘rningizdan turing onajon, Alloh duolaringizni qabul qildi. Sizning duolaringiz osmondan chaqmoq chaqtirib uchoqni ham yerga qo‘ndirdi, sellar oqizdi va nihoyat meni sizga yo‘lladi, doktor Husayniy menman, onajon. Alloh o‘z bandalarining istaklarini shunday holda bajarib qo‘yishiga iymonim komil bo‘ldi. Butun yo‘llaringiz to‘silib qolgan taqdirda ham, osmonlaru yerni yaratgan Zotga sig‘ining. Uning marhamati duo bilandir», dedi.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi