Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ibratli bir qissani rivoyat qilgan.
Unda aytilishicha, Alloh taolo Bani Isroildan pes, kal va ko‘r kishini sinamoqchi bo‘lib, bir farishtani odam suratida yubordi. Farishta pesning oldiga borib:
— Qaysi narsa senga yoqguvchi? — deb so‘radi.
Pes:
— Chiroyli rang, chiroyli teri va kishilar jirkanayotgan mana bu narsaning ketishini xohlayman, — dedi.
Farishta unga qo‘lini surtdi. Bas, undan jirkanch narsa ketib, chiroyli rang berildi. Farishta:
— Senga qaysi boylik yaxshi? — dedi.
— Tuya.
Unga bo‘g‘oz tuya berildi. Farishta:
— Senga Alloh bunda baraka bersin, — dedi.
So‘ng kalning oldiga kelib so‘radi:
— Qaysi narsa senga yoqguvchi?
— Chiroyli soch va mendan mana bu kishilar jirkanayotgan narsaning ketishini xohlayman.
Farishta unga qo‘lini surtdi. Bas, undan jirkanch narsa ketib, chiroyli soch berildi. Farishta so‘radi:
— Senga qaysi boylik mahbubroq?
— Mol.
Unga bo‘g‘oz sigir berildi. Farishta:
— Alloh senga bunda baraka bersin, — dedi.
So‘ng ko‘rning oldiga borib so‘radi:
— Senga qaysi narsa yoqguvchi?
— Alloh menga ko‘zimni qaytarib bersa va kishilarni ko‘rsam.
Farishta unga qo‘lini surtdi. Alloh taolo unga ko‘zini qaytarib berdi. Farishta so‘radi:
— Senga qaysi boylik mahbubroq?
— Sovliq qo‘y.
Unga bo‘g‘oz qo‘y berildi. Ularga berilgan hamma jonivorlar bolaladi. Birinchisida bir vodiy tuya, ikkinchisida bir vodiy mol, uchinchisida bir vodiy qo‘y bo‘ldi. Keyin farishta avvalgi surati va ko‘rinishida kelib:
— Bechora kishiman. Safarim zaxiralari tugab qoldi. Bugun vatanimga yetmoqligimning iloji yo‘q. Faqat Allohning karami, so‘ngra sening yordaming bilangina yetib olaman. Shuning uchun sendan chiroyli rang, chiroyli teri va boylik bergan Alloh hurmati bir dona tuya so‘rayman. Men bu safarimda shu tuya bilan yetib olaman, — dedi.
Pes esa:
— Beriladigan haqlar ko‘p, — dedi.
— Men seni ilgari ko‘rganga o‘xshayapman. Sen kishilar jirkanadigan pes emasmiding? Alloh senga boylik bermaganmidi?
— Katta bobolarimdan bu boylikni meros qilib oldim.
— Agar yolg‘onchi bo‘lsang, Alloh seni avvalgi holatingga qaytarib qo‘ysinmi?!
So‘ng kalning oldiga bordi. Unga ham pesga aytgan gaplarni aytdi. Kal ham pes javob qilganlarni aytdi. Farishta so‘radi:
— Agar yolg‘onchi bo‘lsang, Alloh seni avvalgi holatingga qaytarib qo‘ysinmi?
Keyin ko‘rning oldiga bordi:
— Men musofir bechora kishiman. Safarim vositalari tugab qoldi. Men bugun vatanimga yetmoqligimning iloji yo‘q. Faqat Allohning karami, so‘ngra sening yordaming bilan yetib olishim mumkin. Shuning uchun sendan ko‘zingni qaytarib bergan Alloh hurmati bir dona qo‘y so‘rayman.
Ko‘r javob berdi:
— Haqiqatda men ko‘r edim. Alloh menga ko‘zimni berdi. Sen bu qo‘ydan xohlaganingcha olib, xohlaganingcha qoldir. Allohga qasamki, Alloh taolo yo‘lida bugun birorta narsa olsang, qiyinchilikka qo‘ymayman.
Farishta aytdi:
— Molingni o‘zing ol. Sizlar imtihon qilindingizlar. Bas, Alloh sendan rozi bo‘lib, ikki og‘ayningdan g‘azablandi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi