10:16 / 02.12.2017
14 059

… 53-88 abonenti: «Ikki o‘t orasida qoldim…»

… 53-88 abonenti: «Ikki o‘t orasida qoldim…»
— Bir paytlar «Agar uylansam, rafiqam bilan onam o‘rtasida hech qanday muammo bo‘lmaydi, hamma narsani muvozanatda saqlab turaman», deb o‘ylardim. Chunki yon-atrofimdagi og‘aynilarimning «Xotinim yana onam bilan janjallashib qolibdi» yoki «Onam kelini bilan gaplashmayapti, nima qilsam ekan?» qabilidagi gaplarini eshitsam, «Oilaning boshlig‘i sen-ku! So‘zingni o‘tkaza olmaysanmi xotiningga? Onangga tushuntira olmaysanmi?» derdim noliganlarga. Ammo inson boshiga tushmaguncha his qilmas ekan. Hozir onam ancha keksayib qolgan. Singlim bor. Men yolg‘iz o‘g‘ilman. Rafiqam esa bir oydan beri onam bilan gaplashmaydi. Onamdan so‘rasam, «Qo‘y, bolam, muhimi, ro‘zg‘oring tinch bo‘lsin, kelinim gapirmasa, nima, biror joyim kamayib qolarmidi?» deydi. Ularni yarashtira olmay xunobman. Eng yomoni, bir haftadan beri rafiqam «Dadasi, alohida bo‘lib ko‘chib ketaylik, bu g‘avg‘oli hayotdan charchadim», deya boshimni og‘ritib yubordi. Nonushta payti ham, ishdan kelganimda ham shu gap. Onamga maslahat solsam, «Oilangning tinchligini o‘yla, muhimi shu», deydi. Mening esa ko‘chish niyatim yo‘q. Lekin…
… 53-88 abonenti

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » … 53-88 abonenti: «Ikki o‘t orasida qoldim…»