Savol: Ayol turmush qurgandan keyin erining familiyasiga o‘tsa bo‘ladimi?
Javob: Modomiki urfda bu hol kishini tanitish yo‘llaridan biri hisoblansa, xotin erning familiyasini olishi joiz ishdir. Faqat sharti shuki, bu shariatda qaytarilgan nasabni da’vo qilish yo‘li bilan bo‘lmasin. Masalan erning bobosi Ibrohim bo‘lsa, shundan oila Ibrohimov familiyali bo‘lsa, xotin ham men Ibrohim otaning avlodidanman, degan da’voni qilmasin. Ammo shunchaki o‘zini tanitish vositasi o‘laroq, er familiyasiga o‘tishning zarari yo‘q.
Bunga quyidagilar dalil bo‘ladi: Qur’oni karimning Tahrim surasi, 10-oyatida «Nuhning xotini va Lutning xotini», deyiladi. Nabaviy Sunnatda kelishicha, Abu Said Xudriy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Mas’ud roziyallohu anhuning xotinlari Zaynab Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib, kirishga izn so‘raydi.
Shunda: «Yo Rasulalloh, bu Zaynab, sizning oldingizga kirishga izn so‘rayapti», deyishdi. U zot: «Zaynablarning qaysi biri», deya so‘radilar. «Ibn Mas’udning xotinlari», deya javob qilshganda, «Ha, unga izn beringlar!», dedilar. Unga kirishga izn berildi» (Imom Buxoriy rivoyati).
Demak, urfda joriy bo‘lsa, ayolning er familiyasiga o‘tishi joiz. Faqat bunda nasab da’vosi bo‘lmasligi shart.
Vallohu a’lam.
Manba: azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi