11:39 / 25.01.2018
7 391

"Baxt kuyi..."

"Бахт куйи..."
Tuyg‘ularim boshlasa isyon, yana sizni eslayman, jonim… Aslida-ku, sizni xotirlamagan kunim yo‘q. Mudom yodimda, shirin xayollarimda yashaysiz. Biroq necha kundirki, tushlarimda ko‘rinmaysiz. Sizni izlab muhabbatga limmo-lim kuyning qirg‘og‘iga bordim, mahzun taronadan najot izlab, oxirigacha tinglashga, davo topishga mushtoq edim. Qo‘shiq boshlanishi bilan ko‘zimdan marvarid donalari to‘kildi. Bu men eshitayotgan kuy nihoyatda sokin va qalbni ezguvchi bo‘lgani uchun emas. Yo‘q, aslo unday emas! Ko‘z yoshlarim xotiralar sabab yuzimni yuvmoqda. Ayni shu dam mendan ancha olisda ekaningiz, qalbim esa huvillab qolganini his etdim. Ammo istaganimday najot topganimcha yo‘q. Hamon sog‘inch minbarida ne deyishni bilmay, o‘ychan turibman. Ammo bir narsa borki, uni sira rad etib bo‘lmaydi. Oy hech qachon yarim holda bo‘lmagay, oshiq faqat ishqda o‘rtanmagay. Hali yaxshi kunlarimiz bisyor, hali qancha uchrashmog‘imiz bor. Oy misoli bu ikki qalb birlashganda, bizning qo‘shig‘imiz — baxt kuyi butun koinotda yangaragay. Men bunga ishonaman…
DURDONA

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Baxt kuyi..."