
Bir boy uyining ayvonida o‘tirib ko‘chani tomosha qilardi, nogahon, axlat qutisini titib, bir narsalar izlayotgan faqirni ko‘rdi va “Allohga shukrlar bo‘lsinki, faqir emasman”, dedi.
Kambag‘al ham atrofga nazar solib, nogironlar aravasida ketayotgan bir majruh kishini ko‘rdi va: “Allohga shukrlar bo‘lsinki, nogiron emasman”, dedi.
Bu orada nogiron ham yo‘lda tezlik bilan o‘tib kasalni olib ketayotgan tez yordam mashinasini ko‘rdi va: “Allohga shukrlar bo‘lsinki, kasal emasman”, dedi.
Kasal ham shifoxonaga olib kirilayotganda o‘sha yerda joni uzilgan kishini ko‘rdi va: “Allohga shukrlar bo‘lsinki, yashamoqdaman”, dedi…
Siz ham qanday holda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, aynan shu onda, hozirgi holingiz uchun Allohga shukr qiling.
Chunki, har qanday holatda ham sizga yashash fursatini in’om etibdi…
. . .
Hozir men bu yozuvlarni yoza olayapman-ku va siz ham bu yozuvlarni o‘qiy olayapsiz-ku, mana shunga ham shukrlar bo‘lsin, Allohim!..
Bu haqiqatlarni boshqalarga ham yetkazing, zero, yashayotganliklari sababi – Allohning ularni yaxshi ko‘rgani ekanini bilsinlar…
Olimjon ALLOHQULI
Manba: Islomota.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar