23:18 / 20.02.2018
7 251

Erning familiyasiga o‘tish

Erning familiyasiga o‘tish
Savol:
Ayol turmush qurgandan keyin erining familiyasiga o‘tsa bo‘ladimi?

Javob:
Modomiki urfda bu hol kishini tanitish yo‘llaridan biri hisoblansa, xotin erning familiyasini olishi joiz ishdir. Faqat sharti shuki, bu shariatda qaytarilgan nasabni da’vo qilish yo‘li bilan bo‘lmasin. Masalan erning bobosi Ibrohim bo‘lsa, shundan oila Ibrohimov familiyali bo‘lsa, xotin ham men Ibrohim otaning avlodidanman, degan da’voni qilmasin. Ammo shunchaki o‘zini tanitish vositasi o‘laroq, er familiyasiga o‘tishning zarari yo‘q. Bunga quyidagilar dalil bo‘ladi: Qur’oni karimning Tahrim surasi, 10-oyatida “Nuhning xotini va Lutning xotini”, deyiladi. Nabaviy Sunnatda kelishicha, Abu Said Xudriy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Ibn Mas’ud roziyallohu anhuning xotinlari Zaynab Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib, kirishga izn so‘raydi. Shunda: ”Yo Rasulalloh, bu Zaynab, sizning oldingizga kirishga izn so‘rayapti“, deyishdi. U zot: ”Zaynablarning qaysi biri“, deya so‘radilar. ”Ibn Mas’udning xotinlari“, deya javob qilshganda, ”Ha, unga izn beringlar!“, dedilar. Unga kirishga izn berildi” (Imom Buxoriy rivoyati).

Demak, urfda joriy bo‘lsa, ayolning er familiyasiga o‘tishi joiz. Faqat bunda nasab da’vosi bo‘lmasligi shart.
Vallohu a’lam.

Mubashshir Ahmad

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erning familiyasiga o‘tish