Yodingizda bo‘lsa 2017 yilning avgust oyi oxirida tunda bemaqsad yurganlarni ovlash tadbiri boshlanib ketdi. O‘sha olatasir kunlarni xotirlaymiz, deb yozadi “Fayzbog‘” nashri.
Yarim tun. Toshkentning nomi mashhur ko‘chalaridan biri. Shimining pochasini qo‘nji uzun etigiga tiqqan (viloyatlikka o‘xshab emas) ketvorgan ayol yolg‘iz yuribdi. PPS mashinasi kelib to‘xtadi. Militsioner so‘raydi:
— Yarim kechasi yolg‘iz yurishdan maqsadingiz bormi?
— Mijoz kutyapman. Bir sutkasi 200 ming, bir martalik 50 ming.
— Ketdik bu yerdan, kechasi yurishdan maqsadi bor ekan.
* * *
Yarim tun. Toshkentning ovloq ko‘chalaridan biri. Viloyatlikka o‘xshab kiyingan kishini qidirib yurgan PPS xodimlari yuziga niqob taqqan odamni ko‘rib qolishdi.
— To‘xtang. Yarim kechasi nima qilib yuribsiz?
— Narigi mahalladagi falonchining uyini o‘marmoqchiman.
— Ha, mayli, maqsadingiz bor ekan. Bemaqsad yurmang ko‘chada.
* * *
Shahardagi tungi klubning qarshisida qosh-ko‘zini bo‘yagan yigit bejirim sumkacha bilan yuribdi. Unga militsiya hodimi yaqinlashdi.
— To‘xtang. Hujjatlarni ko‘rsating. Yarim kechasi nima qilib yuribsiz?
— Hujjatlarim yo‘q. Mening ismim Dilshod. Besoqolbozman, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 120-modda. Boyfrendimni kutyapman.
— Yaxshi, maqsadingiz bor. Sira bemaqsad yurmang.
* * *
Yarim tun. Toshkentning mashhur ko‘chalaridan biri. Boshiga salla o‘rab yaktak kiyib olgan uzun soqolli odam, orqasiga ryukzak osib olgan. PPS mashinasi kelib to‘xtadi. Militsioner so‘raydi:
— Yarim kechasi nima qilyapsiz?
— Ichki Ishlar vazirligi tomonga boryapman, sumkamdagi bombani o‘sha yerga tashlab kelaman.
— Ha, mayli, maqsadingiz bor ekan. Yodingizda tuting – aslo bemaqsad yurmang. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...