Bir yigit bilan tanish edik. Gaplashib yurishimizdan, bir-birimizni yoqtirishimizdan uning ham, mening ham yaqinlarimiz xabardor edi.
Bir kuni u menga “Uyingdagilarga ayt, sovchilarim boradi”, dedi. Ko‘p o‘tmay, uning opasi bilan onasi uyimizga kelishdi. Fotiha qilib, non sindirishmadi-yu, “Qizingiz bizga ma’qul, kelin qilamiz, o‘g‘limiz bir yil Rossiyaga borib ishlab kelsin, keyin bir yo‘la to‘y qilamiz”, deb ketishdi. Onam ularga ishonib sarpo qilish harakatiga tushib ketdilar.
Ammo besh-olti oydan keyin o‘sha yigitning to‘yi bo‘lganini eshitdim. Bu gapdan xabar topgan onam kasal bo‘lib yotib qoldi. Bir haftadan keyin kutilmaganda yorug‘ olamni tark etdi…
Onamdan keyin so‘ppayib yolg‘iz qolganim yetmaganday, endi aka-opalarim ham menga ta’na qilishyapti. Bu savdolarda mening aybim bormi? Men o‘sha yigit bilan tanishgan bo‘lsam, kelajakda o‘zim bilgan odamga turmushga chiqsam, degan niyatda bo‘lganman, xolos. Qolaversa, munosabatlarimiz do‘stona edi, biror yomon ish qilganman. Yigitning onasi bilan opasi kelib, onamni umidvor qilishdi, to‘g‘risi, ular kelib-ketishgach, men ham unga ishongandim… Aka-opalarim onamning vafotiga meni aybdor qilishi to‘g‘rimi? Axir bu Allohning taqdiri-ku!
Har kim o‘zidan o‘tganni o‘zi biladi. Men o‘sha yigitning onasidan ham xafa bo‘ldim. Ko‘nglida boshqa qizni kelin qilish niyati bor ekan, o‘z vaqtida o‘g‘liga “Birovning qizini umidvor qilma, erta bir kuni javobi bor!” deb aytsa bo‘lardi-ku?
Boshimga tushgan bu kunlar men uchun og‘ir sinov bo‘ldi. Eng yomoni, yaqin insonim — onamdan ayrilganim yetmagandek, yaqinlarimga ham yomon ko‘rinib qoldim…
Dilso‘z, Samarqand shahri.
Manba: Tasvir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi