“Inson va jamiyat hayotining poydevori hisoblangan oila qurishning qanday zarari bor?” degan savol tug‘ilishi tabiiy. Aslida, har bir foydali narsa, agar o‘z o‘rnida va me’yorida ishlatilmasa, zararga aylanadi. Suvsiz yashab bo‘lmaydi, lekin suzishni bilmaydigan odam cho‘kib ketadi. Hayot muvozanati saqlanmasa, turli xavf va qiyinchiliklar kelib chiqadi. Islom muvozanat dinidir. Koinot ham muvozanat bilan sobit. Oila hayotidagi muvozanatni qo‘ldan chiqarmaslik kerak. Turmush qurish tufayli paydo bo‘ladigan ba’zi zararlarni quyidagicha tartiblash mumkin:
1. Oxiratni unutib, dunyoga berilish. Ayrimlar boshiga bola-chaqa tashvishi tushgach, ibodatni, oxiratni bir chetga surib qo‘yadi. Oilani boqaman deb halol-haromga qaramasdan pul topish ilinjiga tushadi. Bundaylar ko‘p narsa yo‘qotadi. Oxirat unutilgan, ibodat tark etilgan, harom-halolga e’tibor berilmagan yerda huzur va baraka bo‘lmaydi. Harom narsalar bilan boqilgan oila a’zolari oxiratda oila boshlig‘idan shikoyat qilishadi. Harom luqma bilan boqilgan farzandlar ota-onalarini hurmat qilmaydi. Tirikchilik uchun kechayu kunduz ishlagan odam ham oxiratini, ham dunyosini kuydiradi. Chekkan zahmatidan, mashaqqatidan boshqa hech narsa topmaydi. Allohdan, oxiratdan uzoqlashtiradigan oila xayrli bo‘lmaydi.
2. Oila a’zolarining haqlariga rioya qilmaslik. Oila a’zolariga nisbatan loqayd bo‘lish, ularning kun ko‘rishi va tarbiyasi bilan qiziqmaslik turmush qurishning zararlaridan biridir. Bundan tashqari, oila a’zolarini ma’naviy xavfdan ham saqlash kerak. Zero, Alloh taolo: “Ey imon keltirganlar! O‘zlaringizni va oila a’zolaringizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar bo‘lmish do‘zaxdan saqlang...”(Tahrim, 6) deb ogohlantiradi.
Ba’zi kimsalar umr yo‘ldoshiga ortiqcha muhabbati tufayli ota-ona va boshqa yaqinlariga loqayd bo‘ladi. Ayolini mamnun etish uchun ota-onasini ortiqcha qiyinchiliklarga duchor qiladiganlar eng tuban kimsalardir.
Xulosa shuki, turmush qurishning bir qancha foydalari va zararlari bor. Uning foydali yoki zararli bo‘lishi har kimning xarakteri, bilimi va tarbiyasiga bog‘liq.
Manba: Irfon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi