Hikoya qilishlaricha, bir ayol tushida bir odamni zaharli ilon chaqib, o‘ldirganini ko‘rdi. Bu tush ayolni juda qo‘rqitdi. Tong otgach, ayol o‘sha tushida ko‘rgan odamning uyiga borib, ko‘rgan tushini uning o‘ziga aytib berdi. Undan ehtiyot bo‘lishni, hushyorroq bo‘lib yurishni iltimos qildi. Ayol ketgach, haligi odam Alloh uchun ikkita qo‘y so‘yib, sadaqa qilishni nazr qildi...
Shoyad, o‘sha so‘ygan qo‘ylari sababli xaligi qo‘rqinchli tushning xataridan salomat bo‘lsa. O‘sha kuni kechga yaqin ikkita qo‘yni so‘yib, qo‘shnilar va qarindoshlarni uyiga chaqirdi... Ular uchun shohona ziyofat uyushtirdi. Hamma go‘shtni tarqatib, o‘zida qo‘yning birgina oyog‘i qoldi. Qalbini to‘ldirgan qo‘rquv, tinchini buzgan bezovtalik sababli o‘zi hali taom va go‘shtdan totib ko‘rmagan edi. Boyagi oyoqni nonga o‘radi-da, yeyish uchun endi og‘ziga olib kelgan ham edi, bir qari kampir qo‘shnisi esiga tushib qoldi...
U zaifligi va qariligi tufayli ziyofatga kela olmagan edi. Boyagi kishi o‘zini malomat qilib: “Sen u kampirni esdan chiqaribsan. Mana shu oyoq uning nasibasi bo‘ladi” dedi-da, tezda o‘sha kampirning uyiga chopdi...
Borib, qo‘y oyog‘ini kampirga tutqazdi va bundan boshqa go‘sht qolmaganini aytib, uzr so‘radi... Qariya ayol bundan juda sevindi va go‘shtni yeb, suyagini tashqariga uloqtirdi...
O‘sha kechasi xaligi oyoq suyagidan kelayotgan yoqimli hidga bir ilon sudralib keldi va suyakda qolgan go‘sht qoldiqlarini yeya boshladi. Bir payt suyakning bir uchli joyi ilonning bo‘g‘ziga tiqilib qoldi. Har qancha urinsa ham ilon undan qutula olmadi. Uning barcha urinishlari besamar ketdi. Suyak uning tomog‘iga sanchilib qolgan edi...
Ertasi kuni tong otgach, haligi odamning o‘g‘illari uylarining orqasida bir narsaning harakat qilganini va shitir shitir qilgan ovozini eshitdilar. Otalariga buning xabarini yetkazdilar. Boyagi kishi darhol voqeaning tafsilotini bilish uchun uyining orqa tarafiga o‘tdi. Qarasa, bir ilon yerda tipirchilab yotibdi, og‘zida esa tiqilgan SUYaK...!
Darrov uni o‘ldirdi va undan qutqargani uchun Allohga hamdu sanolar aytdi. Uyiga kirib, oilasiga bo‘lgan voqeani gapirib berdi. Keyin ko‘chaga chiqib, qo‘niqo‘shnilariga ham o‘sha hodisani so‘zlab berdi.
Bu qissa tildan tilga ko‘chib, mana bugungi kungacha yetib keldi. Odamlar bu qissadan quyidagi maqolni paydo qilishgan: “Luqmaning ko‘pligi baloni qaytaradi”. Ya’ni ko‘p sadaqa qilish, kishilarga ko‘p taom ulashish sendan balolarni daf qiladi...
Abu Molik Ash’ariy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar, Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Albatta, jannatda bir uy bor. Uning tashqarisi ichkarisidan, ichkarisi tashqarisidan ko‘rinadi. Alloh u uyni kishilarga – taom bergan va salomni keng yoygan va odamlar uxlayotgan chog‘da, kechasi namoz o‘qiganlar uchun tayyorlab qo‘ygan”.
Alloh taolodan nafsimizni to‘ldiradigan rohat, qalbimizni ko‘madigan rizo, O‘zini rozi qiladigan amal, yuzimizni oliy qiladigan saodat, dushmanimizni mag‘lub etadigan yordam, vaqtlarimizni mashg‘ul qiladigan zikr, gunohlarimizni yuvadigan afv, g‘amlarimizni o‘chiradigan yengillik so‘raymiz...
Muhammadsoli IMINOV,
Samarqand viloyatidagi "Polvontosh" jome’ masjidi imom-xatibi.
Samarqand viloyatidagi "Polvontosh" jome’ masjidi imom-xatibi.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi