
Kerakli masalliqlar: 500 g un, 2 dona tuxum xamir uchun, 2 dona tuxum nachinka uchun va yana tayyorlamoqchi bo‘lgan pidelaringizning soniga qarab o‘shancha tuxum, 2 osh qoshiq smetana, 3 osh qoshiq yog‘, 250 ml iliq suv, 11 g xamiryumshatkich, 3 choy qoshiq shakar, 100 g pishloq, 2 dona pomidor, 2 osh qoshiq tomat pastasi, tuz va ko‘katlar.
Tayyorlanishi:
1. 2 dona tuxumni yog‘ va smetana bilan aralashtiring. Iliq suv qo‘shing.
2. So‘ng xamirturush soling. Ortidan 3 choy qoshiq shakar va ozgina tuz qo‘shing.
3. 500 g unni elakdan o‘tkazib, sekin-sekin soling va xamir qoring. Xamirni ozgina yog‘lab, issiq joyda 30-40 daqiqaga qoldiring.
4. Xamir oshgach, uni 10-12 qismlarga bo‘lib chiqing va har birini dumaloqlang. Qayiq shaklidagi xamir yasang.
Ichiga:
1. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazing. Pomidorni dumaloq shaklda to‘g‘rang.
2. Xamirga avval tomat sousi soling, so‘ng ustidan pishloq sepib, har bir pidega 1 tadan tuxum chaqing.
3. Ustidan pomidor bo‘laklarini qo‘ying. Ko‘katlar sepishingiz ham mumkin. 200 daraja haroratda 20-30 daqiqa davomida gaz pechida pishiring.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar