12:06 / 03.05.2018
5 400

"Hayot siri..."

"Ҳаёт сири..."
Podshohning judayam aqlli va go‘zal qizi to‘satdan xastalanib qolibdi: oyoq-qo‘li ishlamay, eshitish va ko‘rish qobiliyati zaiflashibdi. Tabiblarning davolashga urinishlaridan natija bo‘lmabdi.

Bir kuni saroyga nuroniy qariya tashrif buyurib, malika dardini davolash sirini bilishini aytibdi. Saroy ahli undan yordam berishini, malikani tuzatishini so‘rashibdi. Shunda qariya bemorning qo‘liga tol novdalaridan to‘qilgan, usti mato bilan yopilgan savat tutqazib: “Savatni ol, undagi narsaga g‘amxo‘rlik qil, Xudo xohlasa, tuzalasan”, debdi.

Malika shoshib matoni ko‘taribdi, savat ichidagi narsani ko‘rib hayratdan qotib qolibdi: unda kasallikdan juda zaiflashgan, zo‘rg‘a nafas olayotgan chaqaloq bor ekan. Malikaning qalbida rahm-shafqat uyg‘onibdi, tanasidagi og‘riqni yengib chaqaloqni qo‘liga olibdi-da, asta-sekin tebrata boshlabdi.

Oylar o‘taveribdi, malika bolaga parvona bo‘libdi: uni ovqatlantiribdi, erkalab-suyibdi, o‘ynatibdi. Bolaga mehri tushgach, dardlarini unutib, tunlari uxlamay uni parvarishlabdi.

Kun, oylar o‘tibdi. Bola kulibdi, bir kuni yurib ketibdi. Quvonganidan uni dast ko‘tarib olgan malika juda yengil harakat qilar, unga hech qanday og‘riq azob bermas ekan. Bola bilan o‘tgan yillar mobaynida malika asta-sekin sog‘ayib borgan ekan.

Hayotning qoidasi asli shu – birovga mehr berib, mehr topasan, baxt ulashib, saodatga erishasan!

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Hayot siri..."