
Dunyo olimlari bu haqda ilgari ham gapirib o‘tishgan. Bu masala yangi tadqiqotlarda yana bir bor o‘z isbotini topdi. Ma’lum bo‘ldiki, qahva yurak xastaliklari, shu bilan birga qandli diabet va insultga uchrash xavfini sezilarli darajada kamaytirarkan.
Bunga, albatta, qahva tarkibidagi kofein sababchidir. Kofein yurakdagi to‘qimalarni jabr ko‘rishdan himoya qiladi. Buning uchun biz kuniga kamida ikki chashkadan qahva ichishimiz talab etiladi.
Ammo olimlar uyqusizlikdan qiynalayotganlarga qahva ichishni maslahat berishmaydi. Aks holda ular organizmida depressiya jarayoni boshlanishi hech gap emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar