12:23 / 03.07.2018
5 564

To‘xta, nafsim, to‘xta!

To‘xta, nafsim, to‘xta!
Bir kishi tuyasini sotmoqchi bo‘lib bozorga bordi. Lekin juda katta narx so‘ragani bois, xaridorlar: “Voy-bo‘, qimmat-ku!” – deya qaytib keta boshlashdi. Shunda sotuvchi:

– Bu oddiy tuya emas, “uh”, desangiz yuradi, “uh-uh”, desangiz chopadi, “omin”, deganingizda to‘xtaydi, – dedi.

Bir zumda tuyaning atrofini qiziquvchilar o‘rab oldi. Ulardan biri: “Avval sinab ko‘raylik, aytganingiz rost bo‘lsa, men sotib olaman”, deya tuyaga mindi va “uh”, deyishi bilan tuya yurib ketdi, “uh-uh”, deganida chopishni boshladi. Odamlarning hayrat bilan kuzatayotganlarini ko‘rib hayajonda qolgan odam tuyani to‘xtatadigan so‘zni unutib qo‘ydi. Tuya esa bu vaqtda chopa-chopa jarlik yoqasiga kelib qolgandi. Bir qadam tashlasa, bas, jarlikka uchib tushishlari muqarrar bo‘lib turgan paytda, odamning esiga tushib “omin”, deb baqirib yubordi. Tuya to‘xtadi. Shu asnoda halokatdan omon qolgani sevinchi bilan yana “uh-h-h” deb yubordi. Tuya harakatga tushdi-yu, ikkovi ham jarlikka quladi...

Hikoyadagi tuya singari, nafs ham qancha insonlarga “uh” degizib, o‘z yo‘lida davom etaveradi. Bandaning: “Uh, nihoyat nafsimning tug‘yonlaridan qutuldim”, deyishi esa o‘zini ma’naviy jarlik tomon otish bilan barobardir.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » To‘xta, nafsim, to‘xta!