Buyuk Parvardigor, o‘rnimdan turdim,
Osmonga cho‘zilgan qo‘limni ko‘rgin:
Turli duolarni bir chetga surdim,
Nafsimni o‘zimga qul berib bergin!
Hujum qilolmasdi qalbimga riyo,
Shirkning ma’siyati tuyular ro‘yo,
Shunda zinodan ham qo‘rqmagum aslo
Nafsimni o‘zimga qul berib bergin!
Gunoh duch kelganda, kulmog‘im uchun,
Maydonda quvvatga to‘lmog‘im uchun,
Sening toatingda bo‘lmog‘im uchun,
Nafsimni o‘zimga qul berib bergin!
Shunda ko‘kragimga shabboda tegar,
Yurak hapqirmasdi, qurimas jigar,
Qay tomon bursam-da, qo‘limda egar
Nafsimni o‘zimga qul berib bergin!
Ko‘rsam, faqat Sening yo‘lingni ko‘ray,
Tursam, faqat Senga labbay deb turay,
Sen qil degan ishga o‘ylanmay kiray,
Nafsimni o‘zimga qul berib bergin!
Bugun shundan boshqa yo‘q ko‘ngil dardi,
Shu bir marhamating menga yetardi,
Hamma kasofatning boshi ketardi
Nafsimni o‘zimga qul berib bergin!
Nafsim bugun menga hokimlik qilar,
Qay tomon yurmoqni bir o‘zi bilar,
Qutqar, bu vujudim do‘zaxga qular,
Nafsimni o‘zimga qul berib bergin!
Allohim, bir marta inson bo‘layin,
Yaxshilar qatori dildan to‘layin,
Ustidan bir mazza qilib kulayin,
Nafsimni o‘zimga qul berib bergin!
Qolmadi ko‘nglimning boshqa matlabi,
Xayf erur dunyoning chirkin talabi,
Buyuk Abdurahmon ibn Avf kabi,
Nafsimni o‘zimga qul berib bergin!
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi