19:44 / 04.07.2018
10 150

G‘am-tashvishdan qutulmoqchimisiz?

G‘am-tashvishdan qutulmoqchimisiz?
Ushbu surat National Geographic saytida e’lon qilingan bo‘lib, unda insonning yonida turgan kitni haqiqiy kattalikda ko‘rishimiz mumkin. Bu rasmdagi kitga, uning og‘zi qanchalik kattaligiga qarang. U yonida turgan insonni osonlik bilan yutib yuborishi mumkin.

Og‘irligi 100 tonnadan og‘irroq bo‘lgan ulkan kit sizni yutib yuborishini va siz zulmat ichida qolishingizni hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Agar shunday vaziyat boshingizga tushsa, nima qilardingiz? Kimga nido qilardingiz?

Siz nido qilayotganingiz Zot sizni ijobat qilishga qodirligini tasavvur qilasizmi?

Yunus alayhissalomni ulkan kit yutib yuborgani haqida Qur’oni Karimda xabari kelgan. U kishi kitning qornida, zulmatda turib, “Sendan o‘zga Iloh yo‘q, Sen poksan, men zolimlardan bo‘ldim” deb tasbeh aytar edilar. Mana shu tasbehlari u kishining g‘amdan qutilishlariga sabab bo‘ldi. Alloh taolo darhol u bandasiga najot berdi va kitning og‘zidan tashqariga chiqardi.

“Bas, Biz uning (duosini) ijobat qildik. Unga g‘amdan najot berdik. Mo‘minlarga shunday najot berurmiz” (“Anbiyo” surasi, 88-oyat).

Do‘stlarim! Siz o‘z muammolaringiz va g‘amlaringizni kitning qornidagi Yunus alayhissalomning g‘amlaridan kattaroq deb o‘ylaysizmi?! Albatta, ushbu solih bandasiga duosining barakasi bilan muammodan najot bergan Zot bizga ham har qanday muammodan najot berishga qodirdir!

Lekin bir sharti bor. Ushbu duoni ixlos bilan ko‘p qilishimiz kerak.

“Laa ilaaha illaa anta, subhaanaka, inniy kuntu minaz zoolimiyn”. (“Sendan o‘zga Iloh yo‘q, Sen poksan, men zolimlardan bo‘ldim”)

Alloh taologa barcha musulmonlarni g‘amdan qutqarishini so‘rab duo qilamiz. Albatta, U barcha narsaga qodirdir!
Nozimjon Hoshimjon
“Yunus alayhissalomning duolari” nomli maqoladan

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » G‘am-tashvishdan qutulmoqchimisiz?