18:10 / 04.07.2018
6 588

“Qo‘shnim yegan tarsakiga men maza qildim”

“Qo‘shnim yegan tarsakiga men maza qildim”
— Salom, sirdoshim! Yaqinda bir qo‘shnimning mujmal gurungiga qo‘shilib qoldim va ming pushaymon bo‘ldim. Bunaqa makkor kimsalarni yer qanday ko‘tarib yurganiga ham hayron qolasan kishi.

Bir qo‘shnim ikkinchi qo‘shnimga astoydil maslahat beryapti: “Qo‘shnijon, juda bo‘shsizda, bo‘shligingizdan keliningiz boshingizga chiqib olay deyapti. Qaynonaga o‘xshab qaynab turmaysizmi? Axir bittagina o‘g‘lingiz bo‘lsa, shuni ham keliningizga topshirib qo‘yganingiz nimasi?! Tag‘in o‘g‘lingiz tugul, ro‘zg‘oringizdan ham ajrab o‘tirmang, deyman-da. Shunday qilingki, gah desangiz, qo‘lingizga qo‘nsin, uyda sizdan so‘ramasdan bir ish qilolmasin, hatto yotoqxonasiga ham sizning ruxsatingiz bilan kirsin. Kelin zotiga yaxshi gapirib bo‘lmaydi”. Gapida hali ham davom etmoqchi bo‘lgan qo‘shnimning og‘ziga ikkinchi qo‘shnim bir tushirdi. Bo‘ldi janjal, bo‘ldi tomosha. Nima bo‘ldi, nima qo‘ydi, bilmadimu, lekin qo‘shnimga tushgan tarsakidan men maza qildim. Shunaqa qaynonalar ham bor…
…15-88 abonenti

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Qo‘shnim yegan tarsakiga men maza qildim”