
Xazrati Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy aytadilar:
"Imom Molik rahmatullohi alayh Madinai Munavvarada hayot kechirdilar. Qazoi hojatga zarurat bo‘lganida, u kishi shahardan tashqariga Haram hududigacha ketar edilar. Qazoi hojat uchun shunday o‘tirar edilarki, jismlari Haram hududida turib, qazoi hojat hududdan tashqariga tushar edi. Bir kishi so‘raganida, u kishi: "Men xech qachon o‘limim Madinai Munavvaradan tashqarida sodir bo‘lib qolmasin deya qo‘rqaman" dedilar. Bir tarafdan Habib (sollallohu alayhi vasallam)ning diyorlariga bog‘liqlik va ikkinchi tarafdan odobning bu yuksak darajasi-ki, jismdagi najosatni Madinai Munavvara tuprog‘iga kiritish durust emas. Muhabbat va odobning bu jamlanmasi, juda ham kam ko‘rilgandir".
"Ba adab ba nasib – Odobli – baxtlidir" kitobidan, 51-bet.
Abdulqayyum Komil tarjimasi
Abdulqayyum Komil tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar