08:58 / 26.07.2018
5 853

Olimlar xulosasi: shakar jiddiy xastaliklarga sabab bo‘ladi

Olimlar xulosasi: shakar jiddiy xastaliklarga sabab bo‘ladi
AQShning Kolumbiya universiteti olimlari har kuni choyga ikki yarim qoshiqdan shakar solish qarilikda aqli zaiflik yoki Alsgeymer kasalligi rivojlanishi xavfini oshirishini aniqlashdi.

Bu boradagi xulosalar Alsgeymer kasalligiga qarshi kurashish uyushmasining yillik xalqaro konferensiyasida taqdim etildi, deb yozadi Daily Mail. Mazkur tadqiqotda aqli zaiflik belgilari bo‘lmagan 2226 kishi ishtirok etdi. Ko‘ngillilar orasida ular taom yoki ichimlikka qandaydir miqdorda shakar qo‘shish-qo‘shishmaganliklarini aniqlash bo‘yicha so‘rov o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, har kuni o‘zi iste’mol qiladigan oziq-ovqatga 30,3 gramm shakar qo‘shadiganlarda aqli zaiflik xavfi bir kunda 5,8 gramm shakar iste’mol qiladiganlarga nisbatan 30,3 foiz ko‘p bo‘lar ekan. O‘z navbatida shirin ichimliklar, shu jumladan, mevali sharbatlar shinavandalari 27 foiz ko‘proq, shirin gazli ichimliklarni doim iste’mol qilib yuradiganlar esa 54 foiz ko‘proq Alsgeymer dardiga chalinishi ma’lum bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar xulosasi: shakar jiddiy xastaliklarga sabab bo‘ladi