Abdulloh ibn Maslama Qo’nabiy rohimahullohning tavbasi
Qo’nabiy Imom Molikning mashhur shogirdlaridan hisoblanib, u kishidan juda ko‘p hadislar rivoyat qilganlar. O‘zlari buyuk muhaddislardan, imom Buxoriy va imom Muslimning ustozlari hisoblanadilar. Imom Buxoriy va imom Muslim o‘z kitoblarida ustozlari Qo’nabiydan ko‘p hadislar rivoyat qilishgan.
Rivoyat qilinishicha Qo’nabiy yoshliklarida aroqxo‘r, ko‘chada daydib yuradigan bir bezori bola bo‘lgan ekan.
Bir kuni o‘zlari kabi bezori og‘aynilarini kutib tursalar bir kishi eshakda kelyapti va u kishining atrofini juda ko‘pchilik o‘rab olgan ekan. Ular istarali, yuzlaridan nur sochilib turgan odamlar bo‘lganligi sababli bu manzara Qo’nabiyni o‘ziga jalb qilibdi.
Qo’nabiy aroqxo‘r, bezori bo‘lgani sababli unda uyat ham yo‘q edi. Ularning oldiga borib «bu kim», deb so‘radi. Yonlaridagi insonlar «Bu Sho‘’ba ibn Hajjoj bo‘ladilar», deb javob berishdi.
U zamonda Basrada Sho‘’ba rohimahullohni tanimagan odam yo‘q, hatto xalifadan ham mashhur edi.
Biroq Qo’nabiy bezori, ko‘cha bolasi bo‘lgani sababli tanimasdi (xuddi hozirgi zamonamiz o‘spirinlariga o‘xshab, hamma miliarder, san’at yulduzlari, futbol yulduzlarini nomma-nom bilishadi, ammo islom olimlaridan, tobe’inlardan, sahobalardan deyarli hech kimni tanishmaydi).
Qo’nabiy:
– Kim u Sho‘’ba, - deb so‘radi.
– Muhaddis, - deb javob berishdi.
– Muhaddis nima ish qiladi?
– Hadis aytadi.
Qo’nabiy eshakning tasmasidan ushlab, Sho‘’ba rohimahullohga qarab «menga bir hadis aytchi» dedi.
Shunda Sho‘’ba rohimahulloh uning holatiga nazar solib, hikmat bilan:
Ibn Mas’ud Uqba ibn Amr ansoriydan rivoyat qilinadi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Insonlarga payg‘ambarlardan yetib kelgan so‘z shuki – agar uyalmasang, bilganingni qil!», degan hadisni aytib berdilar.
Bu hadis Qo’nabiyning holatlariga mos edi, bu hadisdan Qo’nabiy qattiq tasirlandi. Uyiga qaytib onasiga: «Ona uydagi sharoblarni to‘kib yuboring, og‘aynilarim kelsa ularni ketkazib yuboring», deb aytib, o‘zlari qattiq tavba qildilar. So‘ngra Madinai munavvaraga qarab yo‘l oldilar. To‘g‘ri Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam masjidlariga borib imom Molikka shogird bo‘lib, natijada buyuk muhaddis bo‘ldilar.
U yerda ilm tahsil qilib bo‘lganlaridan keyin Basraga, ona yurtlariga qaytdilar. Hidoyatlariga sabab bo‘lgan Sho‘’ba ibn Hajjoj rohimahullohni ziyorat qilish maqsadida borsalar, ular vafot etib bo‘lgan ekanlar.
Shu sababli Qo’nabiy Imom Molikdan ko‘plab hadis rivoyat qilganlaru, biroq Sho‘’ba rohimahullohdan faqat birgina «Agar uyalmasang bilganingni qil!» hadisini rivoyat qilgan ekanlar.
Abdulloh KAMOL tarjimasi
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”