Tanishim nochorligidan shikoyat qildi, "qiynalyapman, men ham yaxshi yashagim keladi, farzandlarimga falon-falon narsalarni olib bergim, falon-falon kiyimlarni kiydirgim keladi" deydi. Bu shikoyat qilishi birinchi marta emasdi. Har safar tasalli berardim. Bu safar qattiqroq gapirdim:
– Uyingiz bormi?
– Ha bor.
– Kimniki?
– O‘zimniki.
– Ijara emasmi? Oy oxirida pul to‘la deb hech kim kelmayaptimi?
– Yo‘q.
– Mashina kimniki?
– O‘zimniki.
– Oila bormi?
– Ha bor, bilasizku taqsir.
– Farzandlar-chi, ular ham o‘zingiznikimi?
– Ha (shu yerga kelganda nega so‘rayotganimni tushundi).
– Bergan Zot olib qo‘yishga qodir emasmi?
– Gapingiz to‘g‘rikuya, lekin siz baribir tushunmadingiz. Ana, odamlar bekamu-ko‘st yashayapti-ku...
– Shukr qilsangizchi! Uyingiz bor, uchta soppa-sog‘, bir-biridan shirin farzandingiz bor. Alhamdulillah desangizchi!?
–"E-e-e..."–dedi-da, qo‘lini siltab ketib qoldi. Oradan ko‘p o‘tmadi. Men safarga chiqib keldim. Tasodifan o‘sha aka bilan ko‘rishib qoldim. Judayam abgor ahvolda edi. Ayolini ishga kirganini, qo‘liga pul tushib erini nazariga ilmay qo‘yganini, o‘g‘li otasiga "siz bizga nima qilib berib qo‘ydingiz o‘zi?" deyishgacha borganini, oralari qil uchida turganini aytib qoldi. "Mashina nima bo‘ldi?" dedim. Allaqachon sotilib ketibdi...
Oradan olti oycha o‘tganda eshitdim-ki, ajrashibdi, oilasi ko‘chib ketibdi, o‘g‘li "hech narsada haqqingiz yo‘q" deb uydagi hamma narsani olib ketibdi. Xabar olgani bordim. Ahvol juda achinarli. "Aka, uy qolibdi-ku hech bo‘lmasa, shukr qiling" dedim. "Yo‘q, uy ham qolmaydi shekilli, ukam bilan singlim otamizdan qolgan hovlida haqqimiz bor deb tinchitmayapti", dedi...
Oxir-oqibat uy ham ketdi deyishdi. Yana hovlisiga bordim, uydan jiyanlari chiqishdi, amakisining ahvoli yomonligini, kasalxonaga tushib qolganini, endi bu xovlida yashamasligini aytdi...
Alloh Taolo jalla sanohu bandalariga xitoban:
"Agar sizlar (bergan ne’matlarimga) shukr qilsangiz ziyoda qilaman, va agar (bergan ne’matlarimga ko‘z yumib) kufrona keltirsangiz, qattiq azoblarim bor" degan oyatining natijasini guvohi bo‘lib turgandim...
Alloh Taolo hamma narsasini oldi. Hatto omonatini ham...
Salim AYYuBIY
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”