08:02 / 11.08.2018
7 746

Ey, pokiza, mo‘mina, taqvodor singlim!

Ey, pokiza, mo‘mina, taqvodor singlim!
Ey, pokiza, afifa, taqvodor, hayoli, muhtarama, o‘rangan singlim! Barcha ayollar o‘zlaridagi ziynatlarni ko‘z-ko‘z qilib, yigitlarni rom etib yurganlariga parvo qilmang! Ular bilan sizning orangizda, osmon bilan yercha farq bordir.

Ey, pokiza, mo‘mina, iboli, hijobi bor muhtarama singlim! Sizni boshida ko‘tarib yurguvchi o‘z juftingiz bitib qo‘yilgandir. Alloh amr etgan kuniyoq, sizni olib ketadi. Yigitlar bilan ehtiroslarini qondirib yurganlar bilan Sizning orangizda, yoz bilan qish kabi farq bordir.

Ey, aziza, pokiza, tohira, hijobli singlim! Siz, Qiyomatda olamlar Robbisi «Qani o‘zini Men buyurgandak tutib yashagan, avratini haromdan saqlagan, nomahramlarga o‘zini ko‘z-ko‘z qilmagan pokiza va mo‘mina bandalarim? Sizlar uchun o‘ziga xos, maxsus jannatim bordir. Unda istaganingizday rohat-farog‘otta yaashanglar!» deya nido qilganda, «O‘zinga hamdlar bo‘lsin Robbim!» deya Uning rahmati ila jannatlarga kirursiz!

Ey, pokiza, mo‘mina, o‘rangan, taqvodor singlim! Siz, vaqtinchalik shirin so‘zlarni deb o‘zidagi bor ziynatlarini namoyon qilib yuborgan ayol bilan aslo teng bo‘lmassiz! Ular, go‘yoki lazatli hayot kechirayotganday ko‘rinsalar va sizni cheklanganday kamsitsalar, mahzun bo‘lmang! Siz uchun jon fido qiluvchi shahzodalar bor.

Ey, pokiza, tohira, muhsina, afifa, hijobli singlim! Unutmang, o‘zini o‘ramaydigan ayollarni kun kelib kafan o‘raydi. Unda o‘ranganining foydasi bo‘lmaydi. Siz, Robbingiz buyurgani uchun hayotlik chog‘ingizda o‘randingiz, buni mukofotsiz qo‘yadi deb o‘ylaysizmi? Aslo unday emas! Nafaqat oxiratda, balki, dunyo hayotida ham sizni O‘z mukofotlari bilan siylagay.

Ey, pok, munisa, taqvodor, muhtarama, hijobli singlim! Bilingki, o‘zini namoyon qilib yurganlar, erkaklarning chin ehtiromiga loyiq emasdir. Haqiqiy, qalban ehtirom aylaydigan ayolllari, garchi oshkor qilishmasada haqiqat shuki, o‘zini begonalardan asragan, o‘ranib yuradigan taqvodor muslimalar barcha erkaklarning orzusidir. O‘zini ko‘z-ko‘z qilib yurgan ayolga foydalanadigan matohday qaraydilar. Bilasizmi unday ayollarni yolg‘iz qolganlarida qanday tilga olishadi? Agar, "Meni yaxshi ko‘rib orqamdan yuribdi" deb quvonib yurgan yalang qiz, o‘sha yigit do‘stlari bilan u haqida so‘zlaydigan so‘zlarini eshitganida... aslo quvonmagan bo‘lar edi.!

Sizni kim unday haqorat ila tilga ola oladi? Siz Allohning buyrug‘iga itoat qilib o‘rangan bo‘lsangiz, nomardlar tilida xaqoratlanishingizga yo‘l qo‘yib qo‘yadimi?! Siz, amriga itoat etsangiz, keyin erkaklar qo‘lida xor bo‘lishingizga izn berib qo‘yadimi?! Yo‘q, aslo! Siz, o‘zini namoyon qilganlardan mutlaqo o‘zgachasiz. Ular, sizning tirnog‘ingizga ham arzimas, shuni unutmang!
Ma’mur MUXTOR

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ey, pokiza, mo‘mina, taqvodor singlim!