
Sevgimizdan me’ros qolgan hayollaring,
Ko‘zlarimda ko‘zlaringning suratlari,
To‘satdan gung bo‘lib qolar tillarimning,
Sog‘indim deb ayta olmas jur’atlari.
Atrofimda minglab odam,
Sensiz ammo,
Bemehrlar yurtlarida musofirman.
Seni o‘zim yurigimga berkitdimu,
Endi qayta topa olmay…
Axtarurman.
Muzlatadi et-etimni bag‘ritoshim,
Tonglarimning seni so‘rab otishlari.
Alam qilar xijroningning uyalmasdan,
Yostig‘imga boshin qo‘yib yotishlari.
Asiringman,
Ishqing qurgan zindonlarning.
Devorlarin yoriqlari yutar meni.
Qochib ketsam ming chaqirim yiroqda ham,
Sog‘inchlaring zindon qurib kutar meni.
Qayt demayman.
O‘lib bo‘lgan muxabbatim.
Bitayapdi jarohatlar sekin-sekin.
O‘tinaman bir bor kelib hayolimga,
Umidimga taloq xatin berib ketgin!
Manba: mulohaza.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar