19:12 / 14.09.2018
6 608

Bizga milliy birlik va totuvlik kerak

Bizga milliy birlik va totuvlik kerak
Bugun biz milliy birlik, milliy totuvlikka har qachongidan koʻra muhtojmiz. Agar biz millat sifatida birlasha olsak kuchli boʻlamiz, taraqqiyotga erishamiz va barcha sohalarda olgʻa yuramiz. Boʻlmasa, bir-biriga dushman va kuchsiz millatga hamda dunyo davlatlari ichra qoloq, johil va madaniyatsiz mamlakatga aylanamiz.

Hozir bizga aynan milliy totuvlik kerak. Tan olaylik, ayni vaqtda Oʻzbekiston jamiyati oʻta qutblashgan. Bir-birini tan olmaydigan, bir-biriga yovqarash toifalardan tashkil topgan. Ana shu toifalarni bir maqsad, bir bayroq ostida birlashtira olsakkina najot topamiz. Aks holda, bir necha yuz yilliklardan beri davom etayotgan tanazzulimiz chuqurlashaveradi.

Hozir biz tarixiy burilish onlarida turibmiz. Mamlakatimiz rahbari boshlab bergan keng qamrovli islohotlar davrida, aynan milliy totuvlikka erishishimiz asosiy masala boʻlmogʻi darkor. Boshqacha aytganda, bizning hayotimiz ham, mamotimiz ham – milliy totuvlik.

Aytganlarimdan kelib chiqib, millatning musulmon bir raiyyati oʻlaroq, milliy totuvlik uchun jamiyatning barcha qatlam va toifalarini oʻzaro hamkorlikka, bir-birini tushunishga va shu vatan ravnaqi uchun birlashishga chaqiraman. Yaxshilik yoʻlida qoʻlni-qoʻlga beraylik! Zero Alloh ham Oʻz Kalomi – Qurʼoni Karimda: “Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qiling”, deydi (“Moida” surasi, 2-oyat).

P.S. Bu oʻrinda millatdan murod faqat oʻzbeklar emas, balki vatanimizda yashayotgan va turli millat vakillari boʻlgan barcha Oʻzbekistonliklardir. Bunda dinidan, eʼtiqodidan, millatidan, qarashidan, tilidan qatʼiy nazar hamma nazarda tutilmoqda. Millat soʻzi jumlalar siyoqiga yaxshi tushganligi uchungina ishlatildi.
Mubashshir AHMAD hafizahulloh

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bizga milliy birlik va totuvlik kerak