Bir tanishim oʻgʻil uylantirish tashvishiga tushdi. Bir kuni koʻrib, “kelin topildimi?” desam, hasrat qildi: “Qurib ketsin, tanlab-tanlab bittasini maʼqul koʻrgandim. E, shim kiyar ekan! Boʻlmaydi, dedim!” “Shim kiygani uchun ham kelin qilmayapsizmi?” soʻradim qiziqib. “Shim kiyadigan zaifa oilasidagi erkaklar bilan teng boʻlishga intiladi, ayollarga xos koʻpgina fazilatlarni chetlab oʻtgan boʻladi”, dedi u. Tanishimning bu falsafasi meni ancha oʻylantirdi va ushbu mavzuni qalamga olishimga turtki boʻldi.
Faqat oʻzingiz uchun chiroyli boʻlmang!
Shim sizga qulaylik vositasimi yoki modadan ortda qolmaganingizni taʼkidlab turuvchi dalilmi? Modaga qiziqsangiz, eʼtibor bergandirsiz — keyingi paytlarda jahonga taniqli dizayner-modelyerlar ayollar garderobidan shimni olib tashlashdi. Buning oʻrniga nafis koʻylaklar, yubka-koftalarni taqdim etishmoqda.
Shim bir qarashda qulay — harakatlanish oson. Ammo aksariyat qiz-ayollarimiz sonlarining siqilib ogʻrishi, oʻtirganlarida qovuqning qiyilib ogʻrishini tan olishgan. Bu holatni keyingi yillarda urfga kirgan tor shimlar keltirib chiqarayapti. Ha, bu nomigagina shim, aslida kolgotka! Farqi — tovoni yoʻq, xolos. Bu libosni kiyganda jigar, buyrak hamda boshqa aʼzolarning ezilib-siqilishi, terining nafas ololmasligi, tomirlarning zoʻriqishi va ularda qon aylanishining buzilishi koʻp kuzatiladigan holat. Ayniqsa, turmush qurmagan yosh qizlarimiz va ona boʻlishni istaydigan juvonlarimiz uchun bunday shimlar xatarning oʻzginasi! Hozir mushtday qizchalarimiz ham “modniy” boʻlib yurishni istashadi. Ularning koʻngliga qaragan onalar kelajakda arzandalarining tos suyagi, jinsiy aʼzolari va bachadonida paydo boʻlgan kasalliklarni davolatish uchun bunaqa shimlarning yuz-ming narxi barobarida pul sarflab, yetkaza olmay yurishadi…
Shim kiymang, demaymiz. Kasbi taqozo etadiganlar yoki oyogʻida nuqsoni borlar, sovuqqa tobi yoʻqlar uchun bu libos qulay. Oyogʻingizga yopishmay, kenggina boʻlib turgan shimni boʻksani yopib turadigan koʻylak-koftalar bilan kiysangiz juda yarashadi. Koʻp ayol-qizlarimiz sovuq mavsumda shimga oʻtib olishadi. Axir, sotuvda qalin koʻylaklar, yubka-koftalar koʻp, qoʻnji tizzadan ham baland etiklardan didingizga mosini xarid qilsangiz boʻladi. Yopishib turadigan shim, umuman, barcha liboslardan qishda sovuq oʻtadi, yozda terini havo bilan taʼminlamaydi.
Shu gaplardan keyin shimdan “ixlosingiz” qaytib, koʻylaklarga eʼtibor qaratsangiz yaxshi. Ammo koʻylakning koʻylakdan farqi bor. Bu borada nasihatlarni davom ettirib, ensangizni battar qotirib oʻtirmaymiz-u, mashhur fransuz dizayner-modelyeri Koko Shanelning bir gapini keltirib oʻtamiz: “Koʻylak yoki yubka etagi tizzani yopib turishi kerak. Chunki ayolning gavdasidagi eng xunuk joy tizzadir!”
“Shimmi bu, gamashmi bu?..”
Taniqli rassomlar oʻz asarlarida erkaklarni keng yelka, toʻgʻri bel va ingichka oyoqli qilib va shularni boʻrttirib koʻrsatuvchi liboslarda tasvirlashgan. Hozir shu tasvirlarga jon bitib, zamonamizga kirib kelganday…
“Avvallari ixcham, etagi boʻksani yopib turadigan futbolkalar boʻlardi, shu yozda turmush oʻrtogʻimga shunaqa futbolka olish uchun bozorni rosa aylandim. Hamma joyda tor, qoʻling qimirlasa, kindiging ochilib ketadigan futbolkalar sotuvda. Oʻzim istagan futbolkani topa olmay qaytib ketdim, bunaqalarini turmush oʻrtogʻim, baribir, kiymaydi”, deydi bir dugonam kuyinib.
Yengsiz, etagi kalta, allambalo suratlar solingan futbolkalar, qizil-pushti, atlas koʻylaklar… Lekin hozir mavzumiz shim haqida, ayni damda erkaklar shimi haqida.
“Yigitlarimiz egnida…”
Shu oʻrinda yana bir voqeani keltirsam. Talabalik paytimda dugonam bilan shim olish uchun bozorga tushdik. Jinsi bozori bor ekan, aylanib yuribmiz. Bir payt men istagan rangdagi shimni koʻrib, yugurib bordim. Sotuvchi iljayib qarab turibdi. “Nega tirjayadi?” deb hayronmiz. Bilsak, bu yerda erkaklar shimi sotilar ekan, men xaridor boʻlgan shim ham… “Oʻlsin, xuddi xotinlarnikiga oʻxsharkan”, dedi dugonam kulib.
Yana oʻsha tor shim, shakl-shamoyili yaqqol bilinib turgan boʻksayu sonlar… Faqat bu safar yigitlarimiz egnida! Shim jonivorning son va boldir qismlari oqartirilganki, egasi yurganda tamanno qilayotganga oʻxshaydi.
Risoladagi kostyum-shim har qanday yoshdagi erkaklarimizga qanday yarashadi! Jentlmen! Juda jinsiga ishqiboz boʻlsangiz, kengrogʻi ham topiladi. Sotuvchilar tovarni xaridorning talabiga qarab olib kelishadi. Qandaydir bir toʻda oʻarb taqlidchilarining koʻngliga qarab, siz ham tangu tor kiyinayapsizmi? Sizga oʻxshaganlar koʻpaysa, ular ham risoladagidek kiyinadigan boʻlib qolisharmidi… Aytmoqchimizki, koʻrganlaringizni yoppa koʻchirib olmay, faqat yaxshi jihatlarini oʻzlashtiring.
Umumiy mulohaza
Insondagi mavjud kichkina “detal” ham uning butun borligʻi, ruhiyatiga taʼsir koʻrsatishi aniq. Masalan, tuflingiz oyogʻingizni siqayotgan boʻlsa, ming koʻrkam kiyinganingiz bilan kayfiyatingiz aʼlo boʻlmaydi, toʻgʻrimi? Shuningdek, jamoat orasiga kirganingizda ularning soʻzsiz shunchaki qarashlari ham sizda muayyan xulosa uygʻotadi: “Sochimga ajablanib qarashdi, turmagim yarashmabdi-da… Koʻylagim rostdan chiroyli, hammaning havasi keladi!”
Shunday ekan, “oʻzimga yoqsa boʻldi, oʻzgalar bilan ishim yoʻq”, deb yurmang. Sizga faqat va faqat havas, mayli, ozgina hasad bilan qarashlariga intiling. Buning uchun oddiylik, sipolik, erkinlik, qulaylik va nafosatni oʻzlashtirib olsangiz, kifoya. Bilib qoʻying, siz intiladigan moda olamining shiori: “Eng yaxshi moda — qulaylik va yarashiqlilik”dir!
Koʻylak, tufli, iliq pardoz, ixcham sumka va bejirim turmaklangan sochlarga ega ayol darhol erkaklar hurmatini qozonadi. Ular ayolni qoʻpol, boz ustiga ulardan “oʻzlashtirilgan” kiyimlarda, sovuq ranglarda, toʻzgʻigan sochlarda koʻrishdan charchashgan. Ular uchun ayol chiroyli, magʻrur va nafis kapalak. Ular ayoldagi sirlilikni, yashirin jozibani, mayinlikni qoʻmsashmoqda.
Iroda Umarova
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)