12:36 / 25.09.2018
6 240

“Jannatni boʻlib-boʻlib sotyapman...”

"Жаннатни бўлиб-бўлиб сотяпман..."

Bir ayol koʻchada ketib tursa yoʻl chetida yerga rasm chizib oʻtirgan bolaga koʻzi tushib qolibdi. Yaqiniga borib:

– Nima qilyapsan? – bolakay deb soʻrabdi.

Bolakay:

– Jannatni boʻlib–boʻlib, sotyapman, – xola debdi.

Bu javob ayolga juda ham maʼqul boʻlib:

– Menga ham oʻsha yerdan sotasanmi, qancha turadi? – deb soʻrabdi.

– 20 dinor xola, – debdi bolakay.

Ayol bolakayga pulni berib, yoʻlida davom etibdi. Uyiga yetib kelib, bu hodisani unutibdi. Uy yumushlari bilan band boʻlib, butun oilasini tinchitib, bir amallab uyquga ketibdi. Tush koʻribdi. Tushida jannatda yurgan emish. Ertasi kun boʻlgan voqeani eriga aytib beribdi. Eri ham bu hodisadan hayratga tushib, bolani qidirib koʻchaga chiqib ketibdi. Bolani qidirib topsa, u hali ham yerga rasm chizib oʻtirgan emish. Unga yaqin kelib nima qilayotganini soʻrabdi. Bola yana oʻsha javobni beribdi. Erkak unga qarab:

– Menga ham oʻsha yerdan sotgin, qancha turadi? – deb soʻrabdi.

Bolakay:

– 1 million dinor turadi amaki! – deb javob beribdi.

Bu javobdan taajjubga tushgan kishi:

– Sen bola nima deyapsan oʻzi, kecha meni xotinimga 20 dinorga sotibsan–ku, – debdi biroz asabiylashib.

Bolakay jahli chiqib turgan odamga qarab:

– Amaki, xotiningiz u pulni jannatni sotib olishga emas, meni koʻnglimni olish uchun bergan edi. Siz jannatni shunchalik arzon deb oʻyladingizmi?! – debdi... Bu javobdan haligi odam lol boʻlib qolibdi.

Jannat arzon ham emas, qimmat ham emas. Uning qadru qimmatini bu dunyoning molu dunyosi, oʻlchovlari bilan oʻlchab boʻlmaydi. Jannatni qoʻlga kiritishning yoʻli koʻp, ulardan biri Alloh bandalarining koʻngillarini olish orqali boʻladi, deydilar ustozlarimiz.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Jannatni boʻlib-boʻlib sotyapman...”