date
views 4 710

Qarishni sekinlashtiruvchi dori kashf qilindi

Qarishni sekinlashtiruvchi dori kashf qilindi
Qoʻshma Shtatlar olimlarining aniqlashicha, koʻplab meva va sabzavotlarni oʻz ichiga olgan tabiiy fizetin moddasi odam salomatligi va uning uzoq umr koʻrish jarayoniga ijobiy taʼsir koʻrsatar ekan, deya xabar berdi “Hordiq” nashri.

Yosh oʻtgani sayin inson organizmida eski va zararlangan hujayralar toʻplana boshlaydi.

Yosh organizm bunday taʼsir va zararlarni immun tizimi hali kuchli boʻlganligi uchun bemalol yenga oladi. Ammo keksalarda bu jarayon muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

Tadqiqotchilar qari sichqon ustida tajriba oʻtkazdilar va fizetinning tanadagi zararlangan hujayralar sonini kamaytirishini aniqladilar. Maʼlum boʻlishicha, bu modda kemiruvchilarning salomatligi va umrini yaxshilagan.

Olimlar tomonidan olingan maʼlumotlar fizetin tananing sogʻlom hayotiy davrini kengaytirishi mumkinligini isbotladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Qarishni sekinlashtiruvchi dori kashf qilindi