
Armani:
– Sizga kim kerak, azizim? "Qorovul Petrosyan" deysizmi? Vah-vah-vah! U qorovul emas, akademik! donishmand odam! Yuring, uyini ko‘rsataman. Yaqinda ikki qavatli uy soldi, azamat!
Gurji (gruzin):
– Kimni so‘rayapsiz, batano? "Etikdo‘z, Panjikidze?" O-o-o! U etikdo‘z emas, akademik! Bunaqa donishmand odam yuz yilda bir marta tug‘iladi! Yuring, dachasiga olib borib qo‘yaman. Uch qavatli dacha quryapti, azamat!
O‘zbek:
– Nima? Kim deysiz! "Akademik Alijonip?" Hech qanaqa akademik emas u! Qorovulchalik savodi yo‘q! G‘irt ahmoq odam. Poraxo‘r! O‘rikzorda dang‘illama imorat solyapti. Shuncha pulni qayoqdan oladi? Umuman... men hech qanaqa Alijonip-palijonipni tanimayman!
O‘tkir Hoshimov
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar