Bir eru-xotin bo‘lib tez-tez janjallashib qolishar ekan. Er: -«Bir gapdan qolsang o‘lasanmi? Er o‘rnida ko‘rib bosh egmaysane.» debdi.
Xotin esa: -«Xo nega endi? Kuni bilan bir og‘iz shirin so‘zingizni, e’tiboringizni mandan qizgonasiz» debdi.
«O‘zing doim zaxaringni sochaversang, qanday yaxshi gapiray. Ayb o‘zingda» debdi. Mojarolari tugamabdi. Bularni baqir chaqirini eshitgan bir qo‘shnisi kelib:
«Falon joyda yaxshi donishmand bor. O‘shanga uchrashinglar. U muammolaringni xal qiladi «, debdi.
Er-xotin o‘sha donishmandni oldiga borishibdi. Donishmand oldin erni, keyin xotinni gaplarini tinglabdida, ikkoviga xam ikki varaqdan oq qogoz beribdi va debdiki: «Muammolaringni xal qilaman , faqat shu qogozga bir-birilaringni kamchiligilaringni yozinglar» deb ikkovini ikki bo‘lak xonaga kirgizibdi. Xotin bir yarim varaqga erini kamchiligini yozibdi. Er xam ikki varaq xotinini kamchiliklarini yozibdi. Er yozayotgan kamchiliklarga qogoz ETMABDI…
Er donishmand o‘tirgan xonaga kirib:
- «Bergan qogozingiz yetmadi, xotinimni kamchiliklarini yozishga. Mumkin bo‘lsa yana uchta oq qogoz bersangiz» debdi.
Shunda donishmand:
- «Bergan qog‘ozim yetmasligini va siz yana qogoz so‘rab kelishingizni BILARDIM!! Siz xotiningiz bilan ajrashmoqchimisiz yoki yarashmoqchimisiz» deb so‘rabdi. Shunda er:
- «Iye ikki farzandim, bor ajrashish NIYaTIM yo‘q. Faqat sal o‘zgarsin. Manga bosh egib bo‘ysunsin» deymanda debdi.
Shunda donishmand:
- «Erkak kishi xotin kishi bilan aslo TENGLAShMASLIGI kerak!! Agar xotini bosh egishini xoxlasa. Er o‘zini xarakatlari bilan erlik vakolatini qo‘ldan qo‘ymasligi kerak. Mana sizga xam, xotiningizga xam qogoz berdim. Xotiningiz yozsa siz xam yozaverasizmi?! Siz xotinga tenglashib turganingizdan keyin, xotiningiz xam shunday qiladida. Siz ersizu, nega xotiningizdan xotinlik vakolatini talashasiz. Er bo‘ling. Unutmang erligingizni! Qo‘lingizdagi qogozni yirtingu, mana bu oq qogozni oling. Xech narsa yozmang. Xonaga boring man chaqirganimda chiqasiz. Man ruxsat bermaguncha gapirmaysiz» debdi.
Saldan keyin donishmand er- xotinni xuzuriga chaqirib xotinga:
- «Qani yozganlaringizni o‘qing» debdi. Xotin o‘qiy ketibdi:
- «Mani bor yo‘qligimi sezmaydilar, man bilan vaqt ajratib suxbatlashmaydilar, ko‘nglimga qaramaydilar, oyoqlari terlaydi, sigaret chekadi, kech keladi, erta ketadi……» deb ro‘yxatni o‘qiy ketibdi.
Keyin donishmand:
-«Endi siz yozganlaringizni o‘qing» debdi erga. Er bo‘m-bo‘sh oq qogozni donishmandga uzatibdi.
Shunda donishmand:
- «Xotiningizni kamchiligini topolmadizmi» debdi.
Xotin er xech narsa yozmaganini, demak eri uni qanday bo‘lsa shundayligicha sevishini, erini kamchiligini yozib xato qilganini tushunib, er oyoqlari ostiga o‘zini tashlab ko‘zida yosh bilan:
- «Kechiring, man noshukurni kechiring. Man xar galgiday manga tenglashib siz xam yozasiz debman. Ming bor kechiring» debdi.
Er xotinini bunday qilishni kutmagandi. Bosh egib kechirim so‘rab turganini ko‘rib avvalgi xatolarini tushunibdi. Bosh egib turgan xotiniga mexri ortibdi. Eru xotin yarashib, donishmandga raxmat aytib ketishibdi!!
OILA muqaddas dargox azizlar xamma oilalarga BAXT xamisha hamrox-hamnafas bo‘lsin!
Maftuna Mirzaxo‘jayeva
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi