31. Oilaviy (er-xotin) muammolarni ularning huzurlarida ko‘tarmang. Ular bu holatdan mahzun bo‘ladilar. Jonidan sevgan o‘g‘lining turmushidagi muammo va qiyinchiliklar ularni xursand qilmaydi, albatta. U zot sizni baxtli ko‘rishdan mamnun bo‘ladilarmi, demak, oilaviy muammolaringizni onangizdan uzoqroqda saqlang.
32. Onangizning huzurlarida xotiningizni haddan tashqari maqtab yubormang. Yoki ularga turmush hayotingizning tafsilotlari – sizning ayolingizga, ayolingizning sizga hadyalari – haqida aytib o‘tirmang.Er-xotin orasida lutf bo‘lishi lozim. Lekin ona qalbi rashk qiladi. O‘g‘li uni boshqa birov bilan almashtirishidan qo‘rqadi. Ekuvchi boshqa bo‘lib, hosilini esa boshqa tomon yig‘ib olishidan hadiksiraydi. Har nima bo‘lganda ham, shunday vaziyatlarda ikkisining ham haqlariga rioya etilishi talab qilinadi.
33. Shuningdek, onangiz va sizning orangizdagi munosabatni ayolingizga oshkor qilmang. Ularning o‘rinlarini ko‘taring, unga ziyon kelishiga aslo yo‘l qo‘ymang. Ular orasidagi munosabatni mustahkamlang. Ularni doim ham solishtiravermang. Ularning har birining o‘z o‘rni, har birining o‘ziga yarasha muomala qiladigan xarakteri, har birining amal qilinishi lozim bo‘lgan huquq va burchlari bor.
34. Ota-onangiz oralaridagi oilaviy muammolarga aralashishdan chetlaning. Ular orasida betaraflikni tuting va chiroyli nasihat qilib, kelishib yashashlariga zamin yarating.
35. Ularni, kiyinishlarini, ko‘rinishlarini, har ishdagi ixtiyorlarini, tabiatlarini, uslublarini va ish jarayonlarini tanqid qila ko‘rmang. Ayblari ochilib, boshqalar tanqid qilishidan xavotirda bo‘lsangiz, chiroyli uslub bilan, xafa qilmaydigan va qalblariga jarohat yetkazmaydigan tadbir bilan muomala qilib to‘g‘rilang. Ayblarini ochib, xafa qilib qo‘ymang.
36. Aka-ukalaringiz bilan aloqalaringizni yaxshilang. Agarda orangizda biror muammo bo‘lsa, buni onangizning ko‘z o‘nglarida namoyon qilmang, ko‘rsatmang. Chunki ona buni ko‘rsa, xafa bo‘ladilar va o‘kinadilar.
37. Ota-ona o‘rtasidagi muammolarda otangiz haqiligini bilsangiz ham, otangizni qo‘llab-quvvatlamang. Otangizni onangizga bildirmasdan qo‘llang.
38. Diniy ishlarini hikmat va chiroyli mav’iza bilan tushuntiring. Bu munosib kitoblar hadya qilish, ilm va zikr majlislari yoki foydali ma’ruzalarga olib borish kabilar orqali amalga oshadi.
39. Ularning ilm-ma’rifat majlislarida ishtirok etishlariga mone bo‘lmang. Ular o‘zlarida turli xil bilimlarni shakllantirmoqchi bo‘lsalar, ma’ruzalar, ilmiy halqalar, o‘tirishlar, diniy marosimlar, OAVda e’lon qilinadigan ko‘rsatuvlarga yo‘l ochib bering. Ularga hech bo‘lmaganida oylik ilmiy-ma’rifiy jurnallar yetkazib turing.
40. Ota-onaga yaxshilik qilishning eng yaxshi vaqti bu ibodat mahallaridir. Agar onangiz bilan haj yoki umra ibodatida bo‘lsangiz, ularning qullari bo‘ling, ularni ehtiyot qiling, mehribonlik qiling, u zot bilan birga bo‘lishdan lazzatlaning, qo‘llaridan ushlab oling va yo‘ldagi hodisalar haqida xabar berib turing. Ko‘zingizni uzmang va yordamingizni ayamang.
Davomi bor...
Sulaymon Soqir
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”