07:04 / 16.11.2018
11 006

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni yig‘latgan hodisalar

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni yig‘latgan hodisalar
Ummatlariga shafqatlaridan yig‘lashlari

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam faqat qudsiy sabablar bilan yig‘laganlar:

1. Alloh qo‘rquvidan.
2. Qur’oni karimni eshitib.
3. Alloh sevgisidan.
4. Vafot etgan kimsaga marhamatlaridan.
5. Ummatlariga bo‘lgan shafqatlaridan yig‘laganlar.

Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: "Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ibrohim alayhissalom haqlaridagi:

"Parvardigorim, u butlar ko‘pdan-ko‘p odamlarni yo‘ldan ozdirdilar. Bas, kim menga ergashsa, ana o‘sha mendandir (ya’ni, mening dinimdadir). Kim menga isyon qilsa, yana O‘zing Mag‘firatli, Mehribonsan (ya’ni, unday kimsalarni ham Haq Yo‘lga hidoyat qilishga qodirsan)" ("Ibrohim" surasi 36-oyat).

Iso alayhissalom haqlaridagi:

"Agar ularni azoblasang, ular Sening (ojiz) bandalaring. Agar ularni mag‘firat qilsang, albatta Sen O‘zing Qudrat, Hikmat egasidirsan" ("Moida" surasi 118-oyat) oyatlarni ham tilovat qildilar.

Keyin qo‘llarini ko‘tarib: "Allohim! Ummatim, ummatim..." deb yig‘lay boshladilar. Alloh taolo Jabroil alayhissalomga amr qildi: "Ey Jabroil! Rasulim Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yoniga bor! Rabbing uning nima uchun yig‘laganini yaxshi biladi, sen undan nima uchun yig‘laganini so‘ra!"

Jabroil alayhissalom Janobimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, nima uchun yig‘laganlarini so‘radilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Jabroil alayhissalomga sababini aytdilar. Har narsani yaxshi biluvchi Alloh taolo Jabroil alayhissalomga amr qildi: "Ey Jabroil! Muhammadning yoniga bor! Unga: "Albatta, Biz yaqinda ummating haqidagi narsadan seni rozi qilamiz va seni unutmaymiz", degin!" Muslim rivoyat qilgan.

Manba: Islom.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni yig‘latgan hodisalar