O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan bo‘lsam-da, xorijda yashash ko‘pchilik vatandoshlarimiz singari mening ham taqdirimga bitilgan ekan.
Ammo men bugun tili, dini, urf-odatlari tamomila boshqacha bo‘lgan o‘lkada qiyinchiliklarni yengib o‘tish va u yerdagi taraqqiyotdan zavqlanib yashash haqida gapirmoqchi emasman. Buni aksariyat yurtdoshlarimiz o‘z boshlaridan kechirgan. Lekin har bir kishi uchun, u qaysi davlatda bo‘lmasin, qiyinchiliklarni yengishga yordam beradigan bir qadriyat bor, u ham bo‘lsa – insoniylik. Kishilarni dini, millati, irqiga qaramasdan hurmat qilish, ishonchga ishonch bilan javob berish.
Bu yerda tez-tez turli tadbirlarda oilamiz bilan ishtirok etib turamiz, har xil millat vakillari bu kichik o‘lkada shunchalik chiroyli shaklda mujassamlashganki, kishilar bir-birini butun umr bo‘yi uchratmagan bo‘lsa-da, tadbirda soatlab suhbatlashishadi, bir-biridan o‘rganishadi va o‘rgatishadi.
Yaqinda Shotlandiyada bo‘lib o‘tgan tadbir hech biriga o‘xshamagan, yuragimga yaqin holda kechdi.
Lossimut – Shotlandiyaning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan kichkina shaharcha. U yerda turmush o‘rtog‘im xizmat qilgan. Harbiy Havo kuchlari diviziya ofitserlari va xizmat muddatini o‘taganlar oilalari bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Ofitserlar qarorgohiga taklif etildik va mehmonlar uchun dasturxon yozildi.
An’anaga ko‘ra, taomdan so‘ng Britaniya gimni ijro etilib, qirolicha Yelizavetta II sharafiga qadah ko‘tarildi. So‘ngra sobiq harbiy xizmatchilarning xorijlik turmush o‘rtoqlari hurmati sifatida men, ya’ni o‘zbekistonlik va niderlandiyalik mehmonlar uchun Niderland va O‘zbekiston madhiyalari jonli orkestrda kuylandi.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti uchun" deya butun zal qadah ko‘tardi. Yurtimizdan uzoqda o‘z madhiyamizning kutilmagan holda yangrashi kishining yuraklarini o‘ynatib yuborar ekan! Gimndan so‘ng norasmiy suhbatlar avj oldi. Mehmonlar bilan O‘zbekiston va xalqimiz an’analari haqida uzoq suhbatlashdik. Lossimutdagi ofitserlardan birining turmush o‘rtog‘i Janubiy afrikalik ekan. "Mening ayolim uchun Janubiy Afrika gimni shu paytgacha kuylanmagandi" deganda faxrlanib ketdim.
Tadbirga mas’ul bo‘lgan kishilardan biri O‘zbekiston haqida yaxshi bilishini ta’kidladi. Va birinchi bor o‘zbekistonlik fuqaroning ishtiroki ularning e’tiborini tortganligi va musiqiy guruhga internet orqali matn va musiqa notalarini o‘rganish uchun ikki kun vaqt ketganini aytib o‘tdi. Suhbat davomida "Musiqangiz juda ulug‘vor yangrar ekan", deya alohida ta’kidlab o‘tdi.
Zohida MILNE-BOYMATOVA.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”