
Dadam rahmatli rivoyat qilib bergandilar.
Andijonda bir zot o‘tgan ekan. Kunlardan bir kuni, o‘sha zot oldiga tujjor qovon to‘la aravasida kelib to‘xtabdi.
Haligi zot tujjorga: ”Alloh uchun menga qovuningdan ber”, debdi.
Tujjor bitta kichkina va sal zahalangan qovunni olib, u kishiga beribdi. So‘ng haligi zot belbog‘idan bir tanga olibdida, tujjorga uzatib, shu bir tangaga ham qovun ber, debdi
Tujjor katta va yaxshi qovunni uzatibdi. Shunda haligi ulug‘ zot qovunlarga qarab turib: ”Tangriga berganingni qara-yu, tangaga berganingni qara!?”, degan ekanlar.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar