Bir necha yil avval Barbi qo‘g‘irchog‘ining muqobili (real odam proporsiyasida) muallifi, rassom Nikolay Lamm kelajak odamlari haqidagi bir qator eskizlarni chop etdi. Vashington universiteti genetik mutaxassisi Alan Kvon bilan o‘tkazilgan hisob-kitoblarga asoslanib, u inson ko‘rinishi 100 ming yildan so‘ng qanday o‘zgarishini taxmin qildi. Uning aytishicha, bosh miya hajmi ortadi. Kelajak odamlarining ko‘zlari katta, burun teshiklari keng va terisi to‘q rangda bo‘ladi. Bularning hammasi kam yoritilgan, nafas olish uchun nisbatan yaroqsiz va Quyoshning ultrabinafsha nurlaridan yaxshi himoya qilmaydigan atmosferaga ega boshqa sayyoralarning gipotetik egallanishi natijasi hisoblanadi.
Lammning taxmini – u yoki bu darajada ilmiy asosga ega farazlardan biri. Ayrimlarning ta’kidlashicha, inson bosh miyasi hajmi kattalashadi. Boshqalar esa tananing kerak bo‘lmaydigan ba’zi qismlari yo‘qolib ketishini taxmin qilmoqda (masalan, aql tishi). Yana bir taxminlarga ko‘ra, inson tanasida kompyuter modellari normal holatga aylanadi.
Zamonaviy odam qanday yo‘nalishda rivojlanishini oldindan aytish qiyin. Olimlarning bir qismi Darvin ta’limotiga asoslanib zamonaviy odam evolyutsiyasi allaqachon tugagan deb hisoblamoqda. Odamlarning yuqori harakatchanligi, tibbiy va ijtimoiy tuzilmalarning rivojlanganligi – bularning barchasi tabiiy tanlanish rolini kamaytiradi. Genetika fanlari doktori, professor Stiv Jonsning aytishicha, rivojlangan mamlakatlardagi odamlarning mutlaq ko‘pchiligi reproduktiv yoshgacha umr ko‘rayotgani kuchlilarning “yashash uchun kurash” prinsipiga o‘rin qoldirmaydi.
Biroq boshqalar hatto evolyutsiyaning bunday mexanizmi o‘z dolzarbligini yo‘qotmasligini ta’qidlamoqda. Masalan, odamlar hayot davomida ko‘p bora duch keluvchi ommaviy yuqumli kasalliklarga qarshi immunitetni shakllantirishda. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ular alohida populyatsiyada harakat qiladi – masalan, baland tog‘ hududlariga yoki sog‘lom bo‘lmagan zamonaviy parhezga moslashishda.
Bo‘y
Norvegiya tabiiy va texnik fanlar instituti olimlari 1975 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan vaqtda to‘plangan 186 davlatga tegishgi ma’lumotlarni tahlil qildi. Ularning xulosalariga ko‘ra, ushbu davr mobaynida Yer yuzi aholisi o‘rtacha 1,3 foiz balandlashgan va vazni taxminan 14 foiz ortgan. Biologik ko‘rsatkichlarning ortishi bilan birga, energiyaga bo‘lgan talab ham ortgan – 6,1 foiz (kuniga 2615 kilokaloriy). Shuningdek, ularning ta’kidlashicha, Yer yuzi aholisi soni ko‘payibgina qolmay, ularning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji ortishini ham e’tiborga olish lozim.
Odamlar bo‘yi balandlashayotganining ehtimoliy sabablardan biri ular yashayotgan muhit va ovqatlanish sharoitining yaxshilanishidir.
Miya
Kelajakda odamlar bosh miyasi hajmining katta bo‘lishi haqidagi taxminlar haqiqatdan uzoq bo‘lishi mumkin. Madisondagi Viskonsin universiteti olimi dotsent Jon Xoksning ta’kidlashicha, qadimgi insonlar qoldiqlarini o‘rganish natijasida odam bosh miyasi o‘tgan 20 ming yil davomida o‘rtacha 10 foiz kichraygganini aniqlagan. Kichrayish erkaklarda ham, ayollarda ham bir xil bo‘lgan. Olti ming yil avvalgi odam qoldiqlarini o‘rgangan Xitoy olimlari ham xuddi shu xulosaga kelgan. Buni zamonaviy odamlarning taxminan 10 ming yil avval yashagan ajdodlari gavdasi katta bo‘lganligi bilan izohlash mumkin.
Buni qanday tushunish kerak? Taxminlardan biriga ko‘ra, optimallashtirish sodir bo‘lgan – ko‘p energiya sarflanuvchi va katta hajmga ega miya kundalik hayotda odamga kerak bo‘lmay qolgan va uning hajmi evolyutsiya davomida kichraygan. Uning hajmi va aqlliik darajasi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligini hisobga olsak, insoniyat aqlsiz bo‘lib bormayapti.
Tishlar
Ayrimlarining ta’kidlashicha, tananing kerak bo‘lmaydigan ba’zi qismlari yo‘qolib ketishi mumkin (masalan, aql tishi). Taxminlarga ko‘ra, ular zamonaviy odamlarning ajdodlari ratsionida qattiq yeguliklarning ko‘p bo‘lgani uchun kerak bo‘lgan. Keyinchalik ovkatlanish tartibining o‘zgarishi, yeguliklarga termik ishlov berish, ularni kesish imkoniyatining paydo bo‘lishi bilan bunlay tishlarga bo‘lgan ehtiyoj asta-sekin kamayib borgan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, hozir yer yuzi aholisining uchdan bir qismida aql tishi chiqmayapti. Avstraliyalik olimlar bir necha yil oldin o‘tkazgan hisob-kitoblar evolyutsiya davomida jag‘ tuzilishining o‘zgarishi uning kichrayishiga ham sabab bo‘lganini ko‘rsatdi. Uning kichrayishi kelajakda butunlay yo‘q bo‘lib ketishini bildiradimi? Bu tananing boshqa ishlatilmaydigan qismlari, masalan oyoq barmoqlari jimjilog‘ida ham sodir bo‘lishi mumkinmi?
Aslida kerakmasdek ko‘ringan tana qismlari muhim funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Oyoqdagi jimjiloq oyoq kafti suyaklarining davomi bo‘lib, u harakatlangan vaqtda muvozanatni saqlashga yordam beradi. Yel universitetining evolyutsiya bo‘yicha biologi Stiven Sternsning ta’kidlashicha, foydasiz deb hisoblangan ko‘richak ovqat hazm qilish uchun foydali bo‘lgan bakteriyalar uchun “qo‘shimcha zaxira” vazifasini bajarishi mumkin.
Ammo tananing ayrim qismlari, masalan aql tishi deyarli kerakmasdek ko‘rinsa ham, u yo‘q bo‘lib ketishini bildirmaydi. Stenford universiteti genetigi Barri Starning ta’kidlashicha, oyoqdagi jimjiloqni ishlatmasak bu o‘z o‘zidan DNK va organizm biologik tuzilishi o‘zgarishiga sabab bo‘lolmaydi. Ular reduksiyaga uchrashi mumkin, biroq ko‘payish va rivojlanishga xalal bermasa, mavjud bo‘lishda davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”