Yaqinda Amerikaning Kaliforniya shtatida ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan hodisa yuz berdi. Bir odam ulkan temir sandig‘ini arzongarovga sotib yuborgandi. Sandiq kimoshdi savdosi tashkilotchilarining qo‘liga tushdi va ular temir sandiqni kimoshdi savdosiga qo‘yishdi. Savdo uzoq cho‘zilmadi ham. Amerikalik erkak bu sandiqni 500 dollarga sotib oldi. Uyiga kelib ochgach esa dahshatdan joni chiqayozdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, temir sandiqning ichida oz emas, ko‘p emas, 7,5 million dollar pul bor edi.
Ammo juda tez kunda temir sandiqning sobiq egasi paydo bo‘ldi va pullarni qaytarib berishini talab qila boshladi. Aslida Kaliforniya qonunlariga ko‘ra, kim neni sotib olsa, ichidagi ashqol-dashqollari bilan o‘shaniki hisoblanadi. Hech kim bu qonunga qarshi bora olmaydi. Biroq temir sandiqning yangi egasi insof-diyonatli chiqib qoldi. 1,5 million dollar suyunchi puli evaziga qolgan pullarni berib yubordi.
Shu voqeadan so‘ng internetda minglab odamlar erkakning tutgan ishini muhokama qilishdi. Birovlar uni bo‘shang va ahmoqqa chiqardi. Lekin aksar odamlar uni oqladi. Aytishdiki, birovning omonati, ayniqsa, puli rozi-rizolik bilan qo‘lga kiritilmagan bo‘lsa, harom hisoblanarkan. Bunday pullar hech qachon baxt keltirmas ekan. Erkakka sandiqning sobiq egasi chin ko‘ngildan chiqarib bergan 1,5 million dollar esa rosmana baxt hadya etadi. Negaki, bu pullarni halol qilib oldi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”