Butun olamlarga rahmat qilib yuborilgan Rasululloh sollalohu alayhi vasallamga iymon keltirib, itoat qilib, muhabbat qo‘yar ekanmiz, U zotdan o‘rnak olish uchun hayotlarini, siyratlarini va sifatlarini, sunnatlari va xulqlarini, hilqatlarini va tarjimai hollarini bilishimiz lozim.
Ayniqsa, bu Robi’ul-avval oyida Payg‘ambarimizning hayotlarini siyratlarini o‘rganish bilan birga, U zotning yonlarida turgan, birga bo‘lgan kishilar haqida yaqindan ma’lumotlarni bilgimiz keladi.
Yosh kelinchak Omina Abdullohning vafotidan keyin faqatgina bolasi bilan ovunishni o‘ylardi. Bu bola uning birinchi farzandi edi. Atrofidagi ayollardan homilalik belgilari haqida ko‘p narsalar eshitar, ammo u holatlardan birortasi ham o‘zida bo‘lmaganidan lol qolardi. Uning bu ahvolini ko‘rgan ba’zi ayollar bir-birlariga hayron bo‘lib:
– Qo‘shni, bu Omina tobora go‘zallashib ketyapti, homiladorman deb bizni aldayotgan bo‘lmasin tag‘in, – deyishardi.
Nihoyat, robi’ul-avval oyining o‘n biridan o‘n ikkisiga o‘tar kechasi to‘lg‘oq tuta boshladi. Darrov qo‘shni ayollardan ikkitasini chaqirishdi. Ular Shifo va Fotima degan qo‘shnilar hamda Ummu Ayman degan joriyasi Ominaning yonlarida turishdi.
Omina onamizga Shifo roziyallohu anho doyalik qilganlar.
Necha yillardan beri bola tug‘diraverib ko‘zi pishib ketgan bu ayollar uydagi ajib holatlarni ko‘rib hayron qoldilar. Uyda chiroq yo‘q edi. Ammo unga ehtiyoj ham qolmadi. Chunki uy kunduz kabi yorug‘, faqat bu yorug‘lik quyoshdan bo‘ladigan yorug‘likka o‘xshamas edi.
Shu onda Omina atrofida umrida sira uchratmagan go‘zal mavjudotlarning bayram qilayotganlarini ko‘rdi. Omina yotgan bu xona kichik, go‘zal mavjudotlar esa, bunday xonalarning yigirmatasiga ham sig‘maydigan darajada ko‘p edi. Ular uchun xuddi devor yo‘qdek, bemalol kirib kelaverar, xonaning devorlari bu go‘zal maxluqlar uchun mutlaqo to‘sqinlik qilmasdi.
Bu sevinch, bu bayramning sharofati nima edi? Bu go‘zal xilqatlar kimlar o‘zi? Bu mavjudotlarni boshqa xotinlar ham ko‘ryaptimi?! Omina bu savollarni javobini bilmasdi. U hatto tush ko‘rayapman deb shubhalanayotgan edi. Xursandchilik qilayotganlar – Allohning so‘nggi payg‘ambari – endi olamlarga rahmat yog‘ilishi haqida so‘zlashardi… .
Demak, olamlar sarvarining yorug‘ dunyoga tashrifida istiqbollariga chiqqan, bo‘lajak payg‘ambarni ilk kutib olish sharafiga muyassar bo‘lgan Shifo binti Avf roziyallohu anhoni Alloh taolo keyinchalik ham ko‘p yaxshiliklar ila siyladi.
Onasining ismi Salmo, erining ismi Avf, o‘g‘illari Abdurahmon roziyallohu anhu va Asvad roziyallohu anhu, qizi Otika roziyallohu anholardir (Muhammad ibn Sa’d, “at-Tabaqotul-kubro” (8/248)).
Shifo haq din kelganida uni qabul etdi, bay’atda qatnashdi, boshqa musulmonlar qatorida hijrat qildi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlik davrlarida vafot etdi va o‘g‘li Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu jannatiy ekaniga bashorat oldi.
Rahmatillo MADAMINOV,
Qo‘shtepa tumani “Eshonguzar” masjidi imom-noibi
Qo‘shtepa tumani “Eshonguzar” masjidi imom-noibi
Manba: fargonaziyo.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”