
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘g‘illari Ibrohim sakarotdalik (jon chiqar mahali) paytida yoniga kirdilar. Ikki ko‘zlari yoshga to‘ldi. Shunda Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu: “Siz ham yig‘laysizmi, ey Allohning Rasuli?” deb so‘radi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ey Avf o‘g‘li! Bu bir rahmatdir!” – dedilar va boshqa tomonga o‘tib: – Albatta, ko‘zlar yoshlanadi, qalb mahzun bo‘ladi. Robbimiz rozi bo‘ladigan narsanigina aytamiz. Ey Ibrohim! Ablatta, sening firoqingdan biz mahzunmiz” (Riyozus-solihiyn, 924).
“Qalbimizning nuri” kitobidan
Manba: islom.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar