06:00 / 13.12.2018
7 646

Depressiyadan qanday qilib qutilish mumkin?

Depressiyadan qanday qilib qutilish mumkin?
Psixologlarga eng ko‘p beriladigan savol qaysi, bilasizmi? Bu - "Depressiyadan qanday chiqish mumkin?" degan savol. Bunday savol beruvchilarning hammasi ham depressiyaga chalingan deyish noto‘g‘ri. Ba’zi odamlar shunchaki yomon kayfiyat yoki ma’yuslikni depressiya bilan adashtirishadi. Biroq vaqtida davolamasa, depressiya yengil shakldan suitsid shaklga o‘tishi ham mumkin.

Dam oling

Agar sizning depressiyangiz charchash natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, hech narsaga e’tibor bermay dam oling.

Ikki haftalik otpusk olib, uni butkul o‘zingizga bag‘ishlang: kitob o‘qing, yaxshilikka chorlovchi filmlar ko‘ring, do‘stlaringiz bilan muloqot qiling, to‘yguningizcha uxlang, o‘zingiz yoqtirgan shirinliklardan iste’mol qiling.

Sayohat qiling

Sharoitni o‘zgartirish va yangi yoqimli taassurotlarga ega bo‘lish har bir insonga kerak, qiyin kunlarni boshdan kechirayotganlar uchun esa ular hayotiy muhim ahamiyat kasb etadi.

Sayohat yo‘nalishini moliyaviy ahvolingizdan kelib chiqib tanlang: xorijdagi dam olish zonalarida orom olish yaxshi, albatta, ammo vatanimizda ham maroqli hordiq chiqarish mumkin.

O‘z xobbingizga ega bo‘ling!

Sevimli ish bilan shug‘ullanish va o‘xshash fikrlovchi kishilar bilan hamsuhbat bo‘lish har qanday kasallikni davolaydi hamda kayfiyatni ko‘taradi.

Muloqot qiling!

Do‘stlaringiz, qarindoshlaringiz va o‘zingiz xush ko‘rgan insonlar bilan muloqot qiling. Faqat ular bilan suhbatlashganda tushkunlikka olib keluvchi mavzulardan qoching.

O‘yin-kulgu qiling va hayotdan zavq olib yashang! Har bir insonning hayotdan zavq olib yashashi uning o‘ziga bog‘liq. Shunday ekan, ortiqcha qayg‘uga berilmay, hayotingizdagi har bir voqeadan foydali xulosa chiqaring.

O‘zingizga yoqqan narsalarni xarid qiling!

Anchadan beri sotib olishni istayotgan buyumlaringizni sotib olsangiz, kayfiyatingiz ko‘tarilishi shubhasiz.
Sport bilan shug‘ullaning! Zero, sog‘lom tanda - sog‘ aql, depressiya va boshqa ruhiy xastaliklarga esa bu yerda o‘rin yo‘q.

Diqqatingizni jamlang!

Ish, oila - farqi yo‘q, o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsaga e’tiboringizni qarating. Bu sizni chalg‘itib, zulmatdan olib chiqishga yordam beradi.

Miyangizni kemirayotgan "xasta o‘y"ni topib, undan xalos bo‘lishga harakat qiling. Bu axir sog‘lig‘ingizni ketkazishingizga arzimaydi-ku!

Ijobiy fikrlashni hamda hayotdagi katta va kichik xursandchiliklarni ko‘rishni o‘rganing! Qisqa qilib aytganda, optimist bo‘ling!

O‘zingiz ustingizda ishlang, shaxs sifatida rivojlaning!

Omadli kishilar omadsizlarga qaraganda melanxoliyaga kamroq duchor bo‘lishadi.

Shuni unutmang-ki, bularga faqat depressiyadan chiqish uchun emas, balki muntazam ravishda rioya qiling.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Depressiyadan qanday qilib qutilish mumkin?