Buyrak va jigar xastaliklarida qovoqning yangi siqib olingan sharbati (kuniga 100-200 grammdan) yoki 500 gramm qirilgan etini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Qovoq o‘t pufagining motor faoliyatini yaxshilaydi, shuningdek, o‘t pufagining yalig‘lanishida ham juda foydalidir.
Qovoq sharbati buyrak va jigar tizimini tozalab, ishlashini kuchaytiradi. Piyelonefrit, o‘tkir va surunkali sistitlarda va uretritlarning ba’zi ko‘rinishlarida kuniga ikki martadan 50 gramm qovoq bo‘tqasidan yeyish foydalidir.
Jigar xastaliklari gepatit, xoletsistit, sirrozda qo‘llash uchun: qovoqning tepasi kesib tashlanadi, ichidagi urug‘lari olinadi, o‘rtasida hosil bo‘lgan bo‘shliqqa asal to‘ldiriladi, keyin yana kesib tashlangan tepasi qopqoqdek o‘z o‘rniga yopiladi, atrofiga xamir surtilib, 9 kun davomida qorong‘u joyda saqlanadi. Hosil bo‘lgan sharbatni kuniga 3 marta 1 osh qoshikdan ichiladi.
Qovoq urug‘idan olinadigan moylar gepatitdan saqlovchi xususiyatga ega. Uning asosida tayyorlanadigan «Tikveol» dorisi jigarning yallig‘lanish va virusli xastaliklarida hamda o‘t-tosh xastaliklarida foydalidir.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi