08:12 / 04.01.2019
3 616

Ta’na-tanqidlarni qanday qarshilaysiz?

Ta’na-tanqidlarni qanday qarshilaysiz?
Rizq beruvchi Xoliq yakkayu yagona Alloh taoloni aqlsiz tentaklar so‘kib haqorat qilishadi-yu, siz va biz kabi osiy bandalarni nechuk ayblashmasin?! Siz hayotingiz davomida shunday ayovsiz kurashlarga duch kelasiz, ularni ta’na-malomat qilganingizdan foyda yo‘q. Siz qanchalar meva berib, bunyod etib, ta’siringizni o‘tkazib, gullab-yashnagan saringiz, atayin sizni xo‘rlab, sindirishni qasd qiluvchilar chiqaveradi. Siz to chuqur qazib yerga kirmaguningizcha yoki osmonga shoti qo‘yib chiqib ketmaguningizcha undaylar hech qachon siz haqingizda jim turmaydi. Doim ular orasidamisiz, demak, hali yomonlik qilishlarini, ko‘zingizdan yoshlar oqizishlarini va ustingizga “axlatlar” ag‘darishlarini kutib yashang.

Yerda o‘tirgan kishi hech qachon qulamaydi. Odamlar o‘lik itni hech ham tepmaydi. Lekin ulardan salohiyat, ilm, odob yoki mol-dunyo bobida ustun turibsizmi, sizga g‘azablarini sochishadi. Siz Alloh berayotgan ana shunday ne’matlarni tark qilib, barcha maqtovga loyiq xususiyatlardan xalos bo‘lmas yoki hech narsa tushunmaydigan ahmoq, singan, ezilgan kimsaga aylanmas ekansiz, ular nazdida tavbasi yo‘q gunohkor bo‘lib qolaverasiz. Ularning xohishi bundan boshqacha emas. Demak, odamlarning tanqidiga, malomatiga qarshi Uhud tog‘i kabi mustahkam, harsang tosh kabi qattiq bo‘ling. Tosh mustahkam bo‘lgani uchun ham ustiga yoqqan do‘llar parchalanib ketadi.

Bordiyu odamlarning so‘zlariga quloq tutib ta’sirlanadigan bo‘lsangiz, ularning "qimmatbaho" orzularini hayotingizni barbod etish evaziga yuzaga chiqarasiz. Siz ulardan chiroyli yuz o‘giring, qilayotgan makrlaridan ham siqilmang, ahmoqona tanqidlari siz uchun yaxshigina tarjimai hol bo‘lsin. Chunki hayotidagi vazningiz, o‘rningiz darajasida ta’na-dashnomlarga qolasiz.

Albatta, siz o‘sha malomatchilarning og‘zini yopib tilini bog‘lab qo‘ya olmaysiz. Lekin ularning tanqidlarini jim turish e’tiborsizlik va sovuqqonlik bilan ko‘mib tashlang, gap-so‘zlarini "...Shu achchiqlaringiz bilan o‘lib keting!.." deb tark qiling.

Demak, fazilatlaringizni ko‘paytirishingiz, yaxshi tarbiyangiz, xatolarini to‘g‘rilashingiz bilan ularning tilini kesa olasiz. Agar siz o‘zingizni barcha birday qabul etishini, hamma suyishini, aybsiz bo‘lishini xohlasangiz, ehtimoldan yiroq narsani talab qilib, ushalmas orzularga berilibsiz.
"O‘kinma" kitobidan.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ta’na-tanqidlarni qanday qarshilaysiz?