17:53 / 06.01.2019
5 496

"Qanday qilib ateistik tuzumda Qur’on o‘rganding?"

"Qanday qilib ateistik tuzumda Qur’on o‘rganding?"
Dubaydagi Qur’on yodlash kursi raisining muovini Said Horid hikoya qiladi:
Dubayda o‘tkazilgan musobaqalarning birida eski Sovet tuzumidan bo‘lgan bir kichik bola 1-o‘rinni egalladi. Uning yoshi 12 da bo‘lib, bu haqiqatan diqqatga sazovor edi. Biz undan Qur’oni Karimni qanday yod olgani haqida so‘radik:

- Kim senga Qur’onni bunday tajvid bilan, chiroyli qilib yodlatgan?
- Otam menga shunday yodlatgan, deb javob berdi u.

- Otangga kim o‘rgatgan?
- Bobom.

Biz uning javobidan ajablandik va so‘radik:
- Qanday qilib bobong otangga ateistik Sovet tuzumida Qur’onni o‘rgatgan, axir u vaqtda diniga amal qilgan musulmonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘ldirib yuborilgan bo‘lsa...

- Otam menga aytib berganlar, bobom ularni eshakka mingazib, qishloq tashqarisiga olib chiqar ekanlar. So‘ng ko‘zlarini boylab, yana eshakka mingazib, bir tog‘ bag‘ridagi katta g‘orga olib borar ekanlar. Ko‘zlarini yechib, o‘sha yerdan berkitilgan Qur’onni olib berar ekanlar. Otam kun bo‘yi Qur’ondan yodlay olganlaricha yodlarkanlar, so‘ngra yana ko‘zlarini bog‘lab, qaytib kelishar ekan. Shu asnoda Qur’onni yod olgan ekan…

…Biz juda hayratda qoldik va dedik:
- Nega bobong otangni ko‘zini bog‘lagan ekan? Sabab?

U dedi:
- Biz ham bu haqda qiziqib, otamdan so‘raganimizda, otam bobong bu ishni mendan qo‘rqqanlari uchun qilibdi, ya’ni Sovet tuzumi meni ushlab olib qiynaganda, zaiflik qilib g‘ordagi Qur’on o‘rgatiladigan madrasani aytib qo‘yishimdan qo‘rqqan ekanlar. Chunki, u madrasa musulmonlarning farzandlari Qur’onga bog‘liq qolishlari uchun xizmat qilar edi…

Ey Alloh! Bu ajdodlar nima qilganlar-u, bizlar nima qilmoqdamiz?! Garchi Alloh Taolo O‘z Kalomida rost so‘zlagandir: “Albatta, Zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilamiz!”

Bu hikoya Qur’on yodlash u yoqda tursin, masjidning yonida yashab namozga chiqmaydiganlarga naqadar chiroyli ibratdir!

Subhanalloh! Dunyoning har tarafida minglab Qur’on yodlash halqalari bo‘lsa-yu, ertaga Robbisiga yo‘liqqanda foyda beradigan Qur’on haqida, uni yodlash haqida fikr yuritmasa?!

Alloh bizlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Qanday qilib ateistik tuzumda Qur’on o‘rganding?"