12:36 / 19.01.2019
5 073

Onang hayotmi?

Onang hayotmi?
Muhaddislar sultoni imom Buxoriy rahmatullohi alayh “al-Adab al-mufrad” asarida ajib bir rivoyat keltiradilar: Ato ibn Yasor rahmatullohi alayh aytadi: Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning oldiga bir kishi kelib dedi: Men bir ayolni sevib unga uylanish niyatida sovchi yubordim. Ammo u rozi bo‘lmadi. Oradan ko‘p o‘tmasdan eshitdimki, unga boshqa bir erkak sovchi jo‘natibdi va unga turmushga chiqishga rozilik beribdi.
Bu xabardan keyin g‘azabim qo‘zg‘alib haligi ayolni borib o‘ldirib qo‘ydim. Endi nima qilsam Alloh meni tavbamni qabul qiladi? Abdulloh ibn Abbos unga dedi: Onang hayotmi? U: yo‘q – dedi. Keyin, onang o‘tib ketgan bo‘lsa, u holda Allohga yolvorib mag‘firat tila va qo‘lingdan kelgancha toat-ibodat ila Allohga yaqinlash – deb maslahat berdi.
Ato ibn Yasor rahmatullohi alayh aytadi: Men hayron bo‘ldim, nega Abdulloh ibn Abbos uning onasini surishtirdi ekan? Buning sababini o‘zidan so‘ragan edim ul zot aytdilar: Men onaga yaxshilik qilishdan ko‘ra, Allohga yaqinroq amalni bilmayman. (Al-Adab al-mufrad/4).

Xulosa shuki, Islom jamiyatida onalarning maqomi ulug‘dir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadislarida er kishining ustida eng haqi baland shaxs bu uning onasidir, deganlar. Onani rozi qilmoq bilan jannat qo‘lga kiritiladi, onasi hayot turib Allohning mag‘firatiga erisha olmaganlar katta imkoniyatni qo‘ldan boy bergan bo‘lishadi. Alloh, onalarimizni salomat qilsin!
Furqat FAYZULLAYeV
Sardoba tuman «Yangi qishloq»
jome masjidi imom-xatibi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Onang hayotmi?