Qalb qo‘rim, bebaho boyligim, kipriklarimda asraganim, gul iforligim, jigarporam, jon qizim! So‘zlarimni diqqat bilan tingla va zinhor unutma. Chunki bu dunyoda onangdan yaqinroq do‘st topa olmaysan.
Sen bebaho ganjinamsan, boyligim, xazinamsan. Robbimning eng go‘zal omonati, kelajakning onasisan. Insha Alloh, poyi qadami jannat, jamiyatning ustozisan. Allohni tanigin, bandalik ta’mini his et va Undan kelgan qismatga rozi bo‘lgin-ki, U ham sendan rozi bo‘lsin! Shuni unutmagin, Alloh seni o‘zingdan ham yaxshi biladi. Senga nima yaxshi, nima yomonligini O‘zi biladi. Sen uchun eng to‘g‘risi nima ekani faqat Allohga ayon. Jonimning parchasi, oy qizim, axloqsiz kimsalarning badbin o‘ylarida kezishingga toqat qilolmayman. Begona nazardan senga ozor yetishiga ko‘nglim chidamaydi. Saodat va ehtiromga muyassar bo‘lish faqat Allohga bandalikni his qilishdadir. Allohga osiylik qilib insonlarni mamnun qilishga harakat qilganlar hech qachon baxtli bo‘lmaydilar.
Ochiq-sochiq, behayo kiyinish Allohga gunohkor bo‘lishdir. Allohning Amrini, oyati kariymani nazar-pisand qilmaslikdir. Tashqaridagi xavfu tahlikaga qaramay uy eshiklarini ochiq qoldirish demakdir. Bir ayol hammaniki bo‘lmaydi, jon qizim. Bir ayolning jismini hamma ko‘rishi mumkin emas! Ayolga o‘tgan-ketgan qo‘l cho‘zib, teginishi mumkin emas! Allohga gunohkor bo‘lmasang, ehtirom, sharaf va saodat seni hech qachon tark etmaydi, jonim qizim. Sen hayo va iffatni yopinginki, Alloh seni yomonliklardan, begona nazar, dushmanlik va sharmisorlikdan asrasin! Har doim pok yursang, pokizalar bilan birga bo‘lasan. Chunki Alloh Kitobida shunday marhamat qiladi: “Nopok ayollar nopok erkaklar uchun, nopok erkaklar esa, nopok ayollar uchun. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchun, pokiza erkaklar pokiza ayollar uchun” (“Nur” surasi, 26-oyat).
Sen husnu latofatingni, ayolligingni shaytonsifat kimsalardan pinhon tut, qizim jonim. Alloh senga buyurganini ado qil va faqat O‘ziga tavakkalda bo‘l.
Sen tasatturni vujuding gavhari kabi bil. Chunki ko‘zi hijobni ko‘rmagan nomardlar ham ko‘p dunyoda. Alloh senga in’om etgan husn va latofatni Uning omonati deb bil va omonatdorlikni go‘zal himoya qil. Omonatdorlikni anglamaydigan, odob-axloqdan bebahra erkaklar ko‘p. Ayol, ona bo‘lgin va axloqi go‘zal, fe’l-huyi mukammal yigit-qizlarni tarbiyalab voyaga yetkazgin. O‘zligidan, dinidan, Allohdan uzoqlashgan jamiyat muhaqqaq kelajagidan mahrum bo‘ladi. Bu jamiyat oriyatli, mard, himoyachi otalarga, iffatli, hayoli, ma’rifatli onalarga muhtoj. Dunyoni bir silkitib hushini o‘ziga keltiradigan onalar kerak bizga. G‘arb zulmati girdobida qolib jarohati og‘ir dardlarga mubtalo bo‘ldik. Biz o‘zimizni, o‘zligimizni unutdik. Allohdan hayo qilishni unutdik, bolajonim.
Endi bu jarohatimizga kelajak avlodni go‘zal xulq uzra komil tarbiya qilish bilan malham qo‘yishimiz kerak. Sening zimmangda shu vazifa yuklangan, ona qizim.
Hayo libosing, taqvo ziynating, ma’rifat zeboyishing bo‘lsin. Ana shunda sendan ikki dunyoda rozi bo‘laman, gul iforli qizim.
Onaning nasihatini
Umida ADIZOVA yozib oldi
Umida ADIZOVA yozib oldi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi