Nikohga targ‘ib bo‘lib kelgan hadislardan biri «Sahihayn»da Imom Buxoriy va Imom Muslim rohimahumalloh Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisdir:
«Uch kishilik guruh Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ayollarining uylariga kelib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ibodatlari haqida so‘rashdi. Ularga (ibodat haqida) xabar berilgach, go‘yo ular (U zot alayhissalomning) ibodatlarini oz sanashdi.
Shunda ular: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilarida biz kim bo‘libmiz! Axir U zot alayhissalomning oldingiyu keyingi gunohlari kechirilgan-da» deyishdi.
Ulardan biri: «Endi men doim kechasi (uxlamay) namoz o‘qiyman» dedi.
Yana biri: «Umr bo‘yi ro‘za tutaman. Aslo og‘zimni ochmayman» dedi.
Boshqasi bo‘lsa: «Men ayollardan chetlanaman. Hech qachon uylanmayman» dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning oldiga kelib: «Bunday-bunday gaplarni aytgan sizlarmi?! Ammo, Allohga qasamki, albatta, men sizlarning ichingizda Allohdan ko‘p qo‘rquvchirog‘ingiz, Unga ko‘p taqvo qiluvchirog‘ingizman. Lekin men ro‘za tutaman va og‘zim ochiq ham bo‘ladi. (Kechasi) namoz o‘qiyman va uxlayman ham. Va ayollarga uylanaman ham. Kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emas» dedilar.
Nozimjon HOShIMJON
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi