17:35 / 05.02.2019
8 785

“Yig‘ladim”...

“Yig‘ladim”...
Ruhimdan ketmasin iymon sururi,
Qalbimni iymonda toblab tig‘ladim,
Gunohlardan poklansin nafsim qusuri.
Robbim, mag‘firat qil deb, uzoq yig‘ladim!

Ketma-ket o‘yladim sifatlarini,
Bizga bergan buyuk ne’matlarini,
Mo‘minlarga tayyor jannatlarini.
Robbim, mag‘firat qil deb, uzoq yig‘ladim!

Eh, savol-javobim bo‘larmi oson..?
Bunday faryodlarim qolmoqda pinhon,
Bizlar ham bo‘laylik solih musulmon.
Robbim, mag‘firat qil deb, uzoq yig‘ladim!

Hayotimdagi bu – iymon baxtiga,
Alishmam hech qachon, dunyo taxtiga,
Sodiq qolay Alloh Miysoq ahdiga.
Robbim, mag‘firat qil deb, uzoq yig‘ladim!

Fir’avnning umridek bo‘lsa farovon,
Taomim xushbo‘y, saroy bo‘lsa oshyon,
G‘aribona bo‘lsa ham, afzaldir iymon.
Robbim, mag‘firat qil deb, uzoq yig‘ladim!

Robbimning oldiga bormoq istarman,
Alloh jamolini ko‘rmoq istarman,
Barcha ma’siyatdan kechmoq istarman.
Robbim, mag‘firat qil deb, uzoq yig‘ladim!

Yig‘ladim, bu ko‘zlar Nabiy jamolin
Ko‘rarmi, Firdavs jannat-u bog‘in?
Ey Yahyo, to‘g‘rila gunoh xatoyin,
Robbim, mag‘firat qil deb, uzoq yig‘ladim!
Yahyo Abdulloh SIDDIQIY

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Yig‘ladim”...